Xavi "Al Sadd"ga taniqli ispaniyalik futbolchini olib keldi
20 iyu 2020 17:14
Yangiliklar
Xavi "Al Sadd"ga taniqli ispaniyalik futbolchini olib keldi
"Al Sadd" "Vilyarreal" yarim himoyachisi Santi Kasorlani transfer qildi.
"Biz Kasorla bilan kelishuvga erishdik. Tez orada u shartnoma imzolash va jamoaga qo'shilish uchun Dohaga uchib keladi.
"Al Sadd"ga xush kelibsan, Santi!", - deyiladi Qatar klubi xabarida.
"Al Sadd"ni ayni damda "Barsa"ning sobiq futbolchisi Xavi boshqarmoqda. Oldinroq, "Vilyarreal" 35 yoshli Kasorlaning jamoadan ketganligini elon qilgan edi.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar