Xavi AGMKdan yordam so'raganmi?
17 okt 2022 15:55
Yangiliklar
"Kunikecha "Real"ga engilgan Xaver Ernandesning o'zbek futboliga aloqador kichkina hikoyasi bor:
Gap uning Toshkentda mehmon bo'lgani, "Nasaf" va "Paxtakor" darvozasiga urgan gollari haqida emas. "Barselona" afsonasi bundan 1 yil oldin AGMK rahbariyati bilan bog'lanib, Olmaliq klubidan yordam so'ragan edi.
Yodingizda bo'lsa, AGMK OCHL-2021 guruh bosqichida ishtirok etib, o'z kvartetida oxirgi bo'ldi. Ayni paytda Xavi boshqaruvidagi "Al Sadd" F guruhini 2-o'rinda yakunlagan, doxaliklarning pley-offga yo'llanma olishi uchun Mirjalol Qosimov shogirdlari so'nggi turda "Istiqlol" (Dushanbe)ni kamida 2ta to'p farqi bilan yutishi kerak edi.
SHu tufayli kataloniyalik "professor" AGMK jamoasi bilan bog'lanib, g'alaba uchun "premiya" taklif qiladi. Biroq, "Al Hilol" kutilmaganda 6-turni "SHabab Al Ahli"ga yutqazib qo'ydi (dubayliklar tarkibida Masharipov o'ynagan). O'zbek-tojik derbisida esa 2:1 hisobi qayd etildi.
❗️Xullas, "Al Sadd" guruhda qolib ketib, AGMK futbolchilari taxminan 100 ming dollar "premiya"ni qo'ldan chiqarishgan", — deyiladi "futbol ANALIZI" kanalida.
Fikrlar