Xaverc: “CHelsi”dek jamoada o'ynarkansan, doim sovrin yutish haqida o'ylaysan”
21 mar 2021 09:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626532_original.jpg)
![](/upload/storage/626532_220.jpg)
Xaverc: “CHelsi”dek jamoada o'ynarkansan, doim sovrin yutish haqida o'ylaysan”
“Angliyada raqobat judayam kattaligini bilaman. Ilgari ushbu musobaqani TV orqali kuzatganman. “CHelsi”da sovrin yutishni judayam istayman. Bu jamoada to'p teparkansan, aynan orzularing ushalishini istaysan. Biz hozir yaxshi holatdamiz, ammo oldimizda uzoq va mashaqqatli yo'l bor.
Har bir uchrashuvga finalga chiqqandek chiqishimiz lozim. Ikkinchi imkoniyat bo'lmaydi. Keyingi bosqichga chiqish uchun oldimizdagi uchrashuvda g'olib chiqishimiz kerak. O'ylaymanki, yakshanba bizning kunimiz bo'ladi va biz keyingi bosqichga yo'l olmiz”, deya Xaverecning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda London klubi rasmiy sayti.
Angliya kubogi chorak finalidan o'rin olgan “CHelsi”- “SHeffild Yunayted” bahsi bugun, 21 mart kuni bo'lib o'tadi. Bellashuvga soat 18:30 da start beriladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar