Xaver Zanetti: "Inter" CHempionlar ligasida o'ynashi shart"
19 may 2018 13:59
Yangiliklar


Xaver Zanetti: "Inter" CHempionlar ligasida o'ynashi shart"
"Inter" afsonasi, ayni paytda klub vice-prezidenti bo'lgan Xaver Zanetti A Seriya 38-turi doirasida "Lacio"ga qarshi bahs oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
Bu uchrashuv Italiyadan ECHLda qatnashadigan so'nggi vakilni aniqlab beradi.
"Umid qilamanki, "Inter" yaxshi futbol namoyish etadi. Murabbiy va o'yinchilar CHempionlar ligasida qatnashishga munosib. Luchano Spalletti - juda tajribali murabbiy, u jamoani yaxshi tayyorlay oladi.
CHempionlar ligasi - "Inter" qatnashishi shart bo'lgan musobaqa. Bu biz uchun tarkibimizni yanada kuchaytirishga imkon hamdir. Agar ECHLga chiqa olmagan taqdirimizda ham, tarkibni saqlab qolamiz deb o'ylayman. Biz muhim yo'lning boshida turibmiz", - dedi Zanetti.
"Lacio" - "Inter" uchrashuvi 20 may kuni Rimda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar