Xaver Tebas: "Messining ketishi fojia emas"
07 apr 2020 23:46
Yangiliklar


Xaver Tebas: "Messining ketishi fojia emas"
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" sardori Lionel Messining "Inter"ga ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlarni izohladi.
"Menimcha, Messining A Seriyaga yo'l olishi ularning qarzlari va yuqori to'lovlar bilan bog'liq muammolarining bir qismini hal qilishi mumkin. Raqamlar A Seriyaning yirik moliyaviy muammolaridan darak beryapti, ularning barchasini Messi hal qila olmaydi.
Messining shu erda [La Ligada] qolishini istardim, lekin u ketsa, fojia ro'y bermaydi.
Bir vaqtlar La Liga Krishtianu Ronaldusiz katta pul yo'qotishi mumkinligi haqida gapirishgandi, ammo biz faqat daromad olyapmiz. Yaxshi futbolchilarga ega bo'lish sizga yordam berishi mumkin, lekin ular chempionatning ajralmas qismi emas", – deydi Tebas.
Messining shaxsiy samolyoti Belgiyada favqulotda qo'nishni amalga oshirdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar