Xau APLda oy murabbiyi deb topildi
11 mar 2022 19:39
Yangiliklar


Xau APLda oy murabbiyi deb topildi
Eddi Xau Premer-ligada fevral oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Uning boshqaruvidagi "Nyukasl" jamoasi so'nggi oyda to'rtta o'yinda uchta g'alaba qozondi va bir marta durang o'ynadi.
Ushbu mukofotga Mikel Arteta (“Arsenal”), Ralf Xazenxyuttl (“Sautgempton”) va Yurgen Klopp (“Liverpul”) ham davogarlik qilishgandi.
Ayni damda “Nyukasl” 27 o'yindan keyin 31 ochko bilan APL turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar