Xart kelasi haftada "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin
06 dek 2014 15:17
Yangiliklar


Xart kelasi haftada "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin
"Manchester Siti" va Angliya terma jamoasi darvozaboni Jo Xart keyingi haftada klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Taxminlarga ko'ra, yangi kelishuv besh yilga mo'ljallangan.
Xartning haftalik maoshi 80 ming funtdan 120 minga ko'tarilishi kutilmoqda. Yangi bitimda turli hil bonuslar ham bor.
Eslatib o'tamiz, Xartning amaldagi shartnomasi 2015/16 yilgi mavsumda so'ng tugaydi.

Fikrlar