Xarri Rednap: "Bosim his qilmayapman"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2014, 12:02
KPR bosh murabbiyi Xarri Rednap klubdagi kelajagidan havotir olayotgani yo'q.

"Men hech qanday bosim his qilayotganim yo'q. "Liverpul"ga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz, bu uchrashuv Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi bo'ladi. Albatta, biz autsaydermiz, ammo bu biz uchun ajoyib bahs bo'ladi. Aldamayman, shartnoma borasidagi vaziyat meni havotirga solayotgani yo'q. Nega men kelishuv haqida o'ylashim kerak? Sen klubda ishlayapsan. Agar savollar paydo bo'lsa, uni rahbariyat bilan muhokama qilib, echimini topsa bo'ladi.  Agar sen yaxshi ishlasang shartnoma hech narsani anglatmaydi. Mavsum oxirida buni ko'rib chiqish mumkin. Men rahbariyatga ishonaman, biz yaxshi chiqishamiz. Agar mendan iltimos qilishsa, shartnomasiz qolishga ham roziman. Qog'ozlar men uchun hech narsani anglatmaydi. Menga o'zimni ishim yoqadi va hech vada kerak emas. Men endi katta odamman" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru