Xarri Keyn: "Ronaldu va Messi darajasiga chiqmoqchiman. Maqsad - har mavsum 50, 60, 70tadan gol urish va sovrinlar yutish"
20 may 2021 18:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638510_original.jpg)
![](/upload/storage/638510_220.jpg)
Xarri Keyn: "Ronaldu va Messi darajasiga chiqmoqchiman. Maqsad - har mavsum 50, 60, 70tadan gol urish va sovrinlar yutish"
"Tottenxm" hujumchisi Xarri Keyn o'z oldiga qo'ygan maqsadlari haqida gapirdi.
"Men hali ko'p narsalar berishga qodirman. Mening statistikam hozirgidan yaxshiroq bo'lishi mumkin.
Men eng yaxshi bo'lishni gapirishdan qo'rqmayman. Men Ronaldu va Messi darajasiga chiqishga harakat qilaman. Mening bosh maqsadim - har mavsum 50, 60, 70tadan gol urish va sovrinlar yutish.
Men o'zimga qo'yadigan bosim kimdir menga qo'yishi mumkin bo'lganidan ancha yuqoridir", - deydi Keyn.
Keyn joriy mavsum APL doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 13ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar