Xarri Keyn Pol Skoulzning natijasiga yaqinlashib oldi
23 okt 2019 08:45
Yangiliklar


Xarri Keyn Pol Skoulzning natijasiga yaqinlashib oldi
“Tottenxem” ECHL 3-turida “Crvena Zvezda” jamoasini 5:0 hisobida tor-mor qildi.
O'yinda mezbonlar hujumchisi Xarri Keyn dublga erishdi. Natijada 26 yoshli ingliz futbolchisining ECHL guruh bosqichlaridagi gollari soni 16 taga etdi. Ingliz futbolchilar orasida Keyndan ko'proq guruh bosqichida gol urish faqatgina “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Pol Skoulzga nasib etgan — 19 ta gol.
Joriy mavsum Keyn ECHL doirasida 3 ta o'yinda 4 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar