Xamesning jarohati jiddiy emas
28 avg 2019 21:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/515036_original.jpg)
![](/upload/storage/515036_220.jpg)
Xamesning jarohati jiddiy emas
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges kutilganidan tezroq tuzalishi mumkin.
Dushanba kuni, 28 yoshli xavbek tibbiy xulosaga ko'ra, 2-3 haftaga safdan chiqqani malum bo'lgandi.
SHunga qaramay, jarohat jiddiy emas va tiklanish uchun 8 kun vaqt kerak bo'ladi, deya jurnalist Edu Agirre aytib o'tgan.
Ayni vaqtda, Rodriges Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushdan uni Braziliya (7 sentyabr) va Venusuela (11 sentyabr)ga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun chaqirmasligini so'ragan.
O'yinchi mazkur uchrashuvlarga qadar jarohatidan forig' bo'la oladi, ammo Xames Madridda qolib butunlay tiklanishni afzal ko'rdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar