Xames: "Javob uchrashuvida "Real" "Yuventus"ni "er tishlatadi"
06 may 2015 10:52
Yangiliklar


Xames: "Javob uchrashuvida "Real" "Yuventus"ni "er tishlatadi"
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Yuventus"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final birinchi uchrashuvidan (1:2) so'ng, uning jamoasi keyingi bosqichga chiqishiga ishonadi.
"Natija yomon emas va biz ishonishda davom etishimiz kerak. O'z stadionimizda ham bir o'yin bor. "Berbabeu" bizni hujumga xaydashi kerak. Biz kuchimizni qayta tiklab, keyingi haftada bo'lib o'tadigan uchrashuv haqdia o'ylashimiz kerak. "Yuventus" - kuchli jamoa va ular javob o'yinida himoyada o'ynashadi, ammo biz ishonchni yo'qotmasligimiz zarur. Biz raqibni er tishlatishimiz lozim. Teng jang bo'ladi va "Real" g'alaba qozonishi kerak. Finalga chiqa olamiz deb o'ylayman" - deydi Xames.

Fikrlar