Xames Rodrigesning otasi: “O'g'lim “Real”da o'ynamoqchi”
03 iyu 2014 12:06
Yangiliklar
Xames Rodrigesning otasi: “O'g'lim “Real”da o'ynamoqchi”
Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning otasi Vilson Xames Rodriges, o'g'li keyingi faoliyatini “Real”da davom ettirishni xohlayotganini takidladi.
“Xames bolaligidan Ispaniyada o'ynashni xohlashini aytardi. U professional futbolga ilk qadamlarini qo'yganda ham shu so'zlarni takrorlagan. Ispaniya futboli yuqori darajadagi texnikaga ega bo'lgan futbolchilari bilan Kolumbiyanikiga o'xshaydi. Uning kumiri Zinedin Zidan bo'lgan. Hozir Xames “Real”da o'ynamoqchi” – deydi futbolchining otasi.
Fikrlar