Xames Rodriges "Bavariya" klubidan ketish arafasida
22 may 2019 21:00
Yangiliklar


Xames Rodriges "Bavariya" klubidan ketish arafasida
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames faoliyatini myunxenliklarda davom ettirmoqchi emas.
Kolumbiyalik xavbek ikkinchi yildirki, "Real"dan ijaraga berilgan va "Bavariya" Xamesni to'laqonli sotib olishi uchun 42 million evro to'lashiga to'g'ri keladi. Ammo, 27 yoshli xavbek kelajagini "Bavariya" bilan bog'lamoqchi emas.
Rodrigesning agenti mijozi uchun allaqachon yangi ish joyi izlashga tushib ketgan. Ayni vaqtda Xamesga "Yuventus" klubi asosiy nomzod bo'lib turibdi.
Joriy mavsum Xames Rodriges "Bavariya" libosida 20 ta o'yinda qatnashdi. Ushbu o'yinlarda u 7 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar