Xames "Milan"ga o'tishga yaqin
03 iyu 2021 20:51
Yangiliklar
Xames "Milan"ga o'tishga yaqin
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges tez orada jamoasini o'zgartiradi.
Malumotlarga ko'ra, "Milan" 29 yoshli futbolchining transferi bo'yicha deyarli kelishuvga erishgan.
Xabar berishlaricha, "rossonerilar" kolumbiyalik uchun 10 million evro to'lashadi.
Futbolchi bilan 3 yillik shartnoma tuziladi va yiliga 6 million evro beriladi.
Xames o'tgan mavsumda "Everton" uchun 26 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi hamda 9 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar