Xames: Hamma penalti borligini aytdi
02 may 2018 07:20
Yangiliklar
Xames: Hamma penalti borligini aytdi
"Bavariya" azosi Hames Rodriges ECHL yarim finali javob o'yinida "Real"ga qarshi javob uchrashuvidan so'ng (2:2) fikrlari bilan bo'lishdi.
Jarima maydoni ichida Marseloning qo'liga to'p tekkani haqida
"Men ko'rmadim, uzoqda edim. Hamma penalti borligini aytdi. Biroq omadsizlikda hech kimni ayblamaslik kerak.
O'yin haqida
Yaxshi o'ynadik, ammo bu safar finalga chiqa olmadik. "Real" u erga yo'l ola bildi -— demak, jamoa hammasini to'g'ri bajargan.
Ulrayxning xatosi haqida
Uni ayblash kerakmas. Birinchi o'yinda ham, bugungisida ham xatolarga yo'l qo'ydik. biroq futbolda oldindan hech narsani ko'rib bo'lmaydi.
"Santyago Bernabeu"dagi muhit haqida
Golni nishonlamadim, chunki "Real"da bir necha yil to'p surganman va baxtiyor bo'lganman. Olqishlaganlariga xursandman. Demak, "Real"da yaxshi ishlarni bajarganman. Muxlislarga rahmat!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar