Xames faoliyatini Italiyada davom ettiradigan ko'rinadi
19 iyu 2019 00:50
Yangiliklar


Xames faoliyatini Italiyada davom ettiradigan ko'rinadi
Real yarim himoyachisi Xames Rodriges ijara asosida Napoliga o'tmoqda, dey xabar qiladi ESPN.
Neapolliklar Xamesning bir mavsumlik ijarasi uchun «Real»ga 10 mln. evro o'tkazishi talab qilinadi. SHuningdek, klub futbolchini 30-40 mln. evro atrofidagi mablag'ga sotib olish imkoni ham paydo bo'ladi.
Oldinroq, «Napoli» kolumbiyalik xavbekni to'g'ridan-to'g'ri 55 mln. evroga transfer qilishni xohlamagandi.
Xames Rodrigesga «Manchester Yunayted» hamda «Yuventus» tomonidan ham qiziqish bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Rodriges «Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan «qirollik klubi»da birga ishlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar