Xamann: "Firmino premer-ligaga tezda ko'nikib ketadi"
27 iyu 2015 00:39
Yangiliklar


Xamann: "Firmino premer-ligaga tezda ko'nikib ketadi"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann mersisaydliklarning yangi futbolchisi Roberto Firmino xususida gapirib o'tdi.
– Bu Firmino uchun oldinga tashlangan qadamardan biri hisoblanadi. Men Firmino ishtirokidagi ko'plab o'yinlarni ko'rganman. Bu futbolchi menga yoqadi. Firmino futbolchi sifatida juda tez o'smoqda. Men u bilan ishlagan barcha bilan gaplashgan bo'lsam, ularning hammasi uning ishidan qoniqishayotganini bildirishgan. Firmino nafaqat braziliya futboli havosidan nafas olgan, balki evropa futbolini ham yaxshi biladi. SHu bois uning premer-ligaga ko'nikib ketishi oson kechadi deb o'ylayman.
Eslatib o'tamiz, Roberto Firmino "Xoffenxaym"dan Angliyaning "Liverpul" klubiga ko'chib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Roberto Firmino "Xoffenxaym"dan Angliyaning "Liverpul" klubiga ko'chib o'tdi.

Fikrlar