So’nggi yangiliklar

14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми ёки йўқ қарорни ҳозир қабул қилиш керак. Кападзеда тажриба камдир, аммо..."  0 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  5 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  30 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  7 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  5 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  13 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  9 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  14 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  12

Xalqaro musobaqa. "Paxtakor" va "Nasaf" ikkinchi imtihonga tayyormi? Yangiliklar

Xalqaro musobaqa. "Paxtakor" va "Nasaf" ikkinchi imtihonga tayyormi?

Ushbu hafta yana klublar o'rtasidagi xalqaro o'yinlarni ko'ramiz.

"Paxtakor" OCHL Elit 2-turida maydonga tushsa, "Nasaf" OCHL 2 musobaqasida 2-turni o'tkazadi. "Paxtakor" ertaga Eronda "Persepolis" mehmoni bo'ladi. Malumot uchun, "Persepolis" dastlabki turni safarda "Al Ahli"ga qarshi o'tkazib, 0:1 hisobida mag'ub bo'ldi. "Paxtakor" esa Toshkentda o'tkazilgan bahsda "Al Vasl"ga xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berdi. 

"Persepolis" bu o'yinga qadar o'z milliy chempionatida "Istiqlol"ga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona gol 90+3-daqiqada Hosseyn Kanani tomonidan kiritildi. Uchrashuvda hamyurtimiz Oston O'runov ishtirok etmadi. "Paxtakor" esa Eron safari oldidan "Olimpik" bilan kuch sinashib, 6:0 hisobida zafar quchdi. Quyida malumot sifatida OCHL Elit musobaqasining 1-turida qayd etilgan natijalar va 2-tur uchrashuvlarini keltirib o'tamiz.

OCHL Elit. 1-tur natijalari

16 sentyabr. "Al Ayn" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar) 1:1

16 sentyabr. "Al SHorta" (Iroq) - "Al Nassr" (S.Arabistoni) 1:1

16 sentyabr. "Istiqlol" (Eron) - "Al Garafa" (Qatar) 3:0

16 sentyabr. "Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Persepolis" (Eron) 1:0

17 sentyabr. "Paxtakor" (O'zbekiston) - "Al Vasl" (BAA) 0:1

17 sentyabr. "Al Rayyan" (Qatar) - "Al Hilol" (S.Arabistoni) 1:3

2-tur uchrashuvlari

30 sentyabr. 21:00. "Al Sadd" - "Istiqlol"

30 sentyabr. 21:00. "Persepols" - "Paxtakor"

30 sentyabr. 21:00. "Al Vasl" - "Al Ahli"

30 sentyabr. 23:00. "Al Nassr" - "Al Rayan"

1 oktyabr. 23:00. "Al Garafa" - "Al Ayn"

1 oktyabr. 23:00. "Al Hilol" - "Al SHorta"

2 oktyabr kuni "Nasaf" ham o'z o'yinini o'tkazadi. Qarshiliklar Markaziy stadionda BAAning "SHabab Al Ahli" klubini qabul qilishadi. "Nasaf" OCHL 2 ilk turini safarda "Quvayt SK"ga qarshi o'tkazib, o'yinda hisob ochilmadi. "SHabab Al Ahli" esa o'z maydonida Iordaniyaning "Al Husseyn" klubidan 3:1 hisobida ustun keldi.

"SHabab Al Ahli" Qarshiga kelishdan oldin "Al Oruba" bilan bellashib, 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. Qizig'i shundaki, uchrashuvdagi barcha gollar legionerlar tomonidan kiritildi. Xususan Gilerme Da Silva, Yuriy Cezar, Bruno Kaskardo va Federiko Kartabia mehmonlarning goliga mualliflik qilishdi.

Ayni payt "SHabab Al Ahli"da to'p tepayotgan legionerlar orasida eng mashhuri Sardor Azmun bo'lib, u mazkur bahsda maydonga tushdi, biroq 65-daqiqada penaltidan to'p kirita olmadi.

"Nasaf" bo'lajak uchrashuv oldidan oxirgi bahsni kecha "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazib, 2:2 hisobini qayd etdi. Etiborlisi, Qarshiliklar safida ham faqat legioner futbolchilar gol muallifi bo'ldi: Zoran Marushich va Marko Stanoevich. Quyida OCHL 2 natijalari va keyingi o'yinlarni keltirib o'tamiz. "Nasaf" va "Paxtakor"ga esa omad tilab qolamiz.

OCHL 2. 1-tur natijalari

18 sentyabr. "SHabab Al Ahli" (BAA) - "Al Husseyn" (Iordaniya) 3:1

18 sentyabr. "Quvayt SK" (Quvayt) - "Nasaf" (O'zbekiston) 0:0

2-tur uchrashuvlari

2 oktyabr. 19:00. "Nasaf" - "SHabab Al Ahli"

2 oktyabr. 21:00. "Al Husseyn" - "Quvayt SK"

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика