So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  5 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Xalqaro "A" sertifikati uchun tahsil olayotgan murabbiylar Ektor Kuper bilan uchrashishdi Yangiliklar

Xalqaro "A" sertifikati uchun tahsil olayotgan murabbiylar Ektor Kuper bilan uchrashishdi

Teglar :  Ektor Kuper
Poytaxtimizda OFKning xalqaro "A" sertifikati uchun murabbiylik o'quv kurslari bo'lib o'tayotgani haqida avval xabar berib o'tilgandi.

O'quv kursida 24 nafar murabbiy ishtirok etyapti.

O'quv kursini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga koordinator Oybek Davletmuratov yordam beryapti. Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar 2019 yildan boshlab Pro-ligada bosh murabbiy, Superligada yordamchi murabbiy, terma jamoalarda esa murabbiy bo'lib ishlash huquqini qo'lga kiritadilar. SHundan so'ng murabbiylar ikki yil davomida murabbiy sifatida faoliyat yuritib, keyin "Pro" licenziyasi uchun o'qishni davom ettirishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu o'quv kurslarida yaqin o'tmishning mashhur futbolchilari, hozirgi kunda murabbiylik sohasida faoliyat olib borayotgan Temur Kapadze, Viktor Karpenko, Asror Aliqulov, Nematullo Quttiboev, Xayrulla Karimov, Abdumajid Toirov kabi futbolchilar ishtirok etishyapti. SHuningdek, "A" licenziyasini qo'lga kiritib bo'lgan mutaxassislar - Ulug'bek Baqoev, Jasur Abduraimov va Jafar Irismetovlar erkin tinglovchi sifatida mazkur kurslarda qatnashib, bilimlarini yangilashmoqda.

Bugun "A" licenziyasi uchun tahsil olayotgan murabbiylar O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan uchrashishdi. Tajribali argentinalik mutaxassis uchrashuv davomida murabbiylarni qiziqtirgan savollarga javob berib o'tdi. SHuningdek, murabbiylik sohasida turli masalalar bo'yicha fikr almashildi.



Ushbu o'quv kurslari 18 noyabr kuniga qadar davom etadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика