Xakimi "Real"ga qaytadi, agar...
27 mar 2020 16:08
Yangiliklar
Xakimi "Real"ga qaytadi, agar...
"Real" himoyachi Ashraf Xakimini "Borussiya" (Dortmund)dan ortga qaytarmoqchi.
Xakimi ijara asosida "Borussiya"da o'ynaydi. Xakimi Madrid klubiga agar doimiy o'yin amaliyoti taklif qilinsagina qaytishga tayyor.
SHu sababdan "Real" himoyachi Alvaro Odriosolani sotmoqchi. Futbolchi ayni damda ijara asosida "Bavariya"da o'ynamoqda.
Zinedin Zidan "Real"da qoladigan bo'lsa, shu yo'nalishda ish boradi. "Real"ning muammosi shundaki, Odriosolaga 40 million evro sarflaydigan klub topish qiyin, "qirollik klubi" aynan shuncha mablag' evaziga 2018 yilda uni o'z tarkibiga qo'shib olgandi.
Xakimi joriy mavsum Bundesligada 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 10ta assist qayd etdi. Odriosola esa bir bor "Bavariya" tarkibida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar