So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  2 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Xakim Fuzaylov: "Vaziyatlardan foydalanganimizda o'yin boshqacha natija bilan tugashi mumkin edi" Yangiliklar

Xakim Fuzaylov: "Vaziyatlardan foydalanganimizda o'yin boshqacha natija bilan tugashi mumkin edi"

Pro-liganing 12-turidan o'rin olgan "Turon" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Xakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Og'ir uchrashuv o'tkazdik. Birinchi bo'limdan ko'ra ko'proq ikkinchi bo'limda jamoamiz ustunlikka ega bo'ldik, ko'plab golli vaziyatlar yaratdik. Albatta o'yin hisobi boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. O'z vaziyatlarimizdan foydalana olganimizda bugun mag'lubiyatga uchramagan bo'lardik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.

Mavsum boshidan buyon ikkinchi mag'lubiyatimizni qabul qilib oldik. Futbolda shunaqa, jamoa yutqazsa, bunda murabbiy aybdor bo'ladi. Natijalar yomon bo'lsa, mening ham klubdagi faoliyatimga yakun yasalishi mumkin

Murabbiyning ishi davomli bo'lishi albatta natijalarga bog'liq. Klub rahbariyati bilan istefoga chiqishim borasida gaplashib ko'raman. 

Hozirgi xolatimizda birinchi navbatda muxlislarimizdan uzr so'rashimiz zarur. Ular bizdan g'alabalar va ijobiy natijalar kutishmoqda. 

- Oleg Marchuk zaxirada qolishining sababi nima? 

- Legioner futbolchi boshqalardan ko'ra kuchliroq o'yin namoyish etishi lozim. SHu sababdan jamoaga legionerlar jalb etiladi. Marchuk bugun zaxirada qoldirildimi, demak biz shunday qarorga kelganmiz.

- Nikola Stoshich ikki o'yindan buyon qaydnomaga kiritilmayapti. Buni qanday izoxlaysiz?

- Stoshichda jarohat bor. U jarohatidan qutulib safimizga qaytsa, albatta maydonga tushiramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика