So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  94 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Xayrulla Xoliqovdan retro. Odil Ahmedov bilan besh yil avvalgi suhbat Yangiliklar

Xayrulla Xoliqovdan retro. Odil Ahmedov bilan besh yil avvalgi suhbat

Bugun hamkasbim Nodirxo'janing tabrigidan keyin Odil bilan ilk marotaba uyushtirgan suhbatim yodimga tushdi.
Pochtamni kavlasam 2008 yilning noyabr oyida u bilan suhbatlashgan ekanman. Buni qarangki, o'sha paytlari u Rossiyaga, aniqrog'i CSKA tarkibidan o'rin olishni istagan edi. O'shanda futbolchining intervyusi Futbol Ekspress gazetasida chop etilgandi. Quyida suhbatning etiborga molik joylarini berishga qaror qildik. O'ylaymizki, bu ham hozirgi o'quvchilarimiz uchun o'ziga yarasha qiziq bo'lsa ajab emas.

"Paxtakor" bu yil ham chempionlikdan, ham Kubokdan quruq qoldi. Buning ustiga jamoa chempionlar Ligasida guruhdan chiqa olmadi. SHunday ekan, bazi bir sabablarga ko'ra bu jamoani tanqid qilish mumkindir, ammo "Paxtakor" safidagi to'rt-besh futbolchi qatori Odil Ahmedovni ham umuman tanqid qilishga asos yo'q deb o'ylaymiz. Negaki jamoasi o'z oldiga qo'yilgan maqsadlarga erisha olmagan bo'lsa-da, Odil bu yil juda yaxshi o'yin ko'rsatdi...
 
- Odil, oxirgi paytlarda o'yiningiz haqida ko'p gapirishyapti. Bu gaplarning hammasi faqat maqtovdan iborat desa ham bo'ladi. Bu sizga qanday tasir qilyapti?
- Albatta, bu kabi gaplar meni yaxshigina ruhlantiradi va bundan keyin ham o'z ustimda yanada ko'proq ishlashga undaydi. CHunki maqtovlar bejizga emasligini isbotlashim kerak.
 
- Ayting-chi, siz haqingizda qachondan gapirishni boshlashdi?

- "Paxtakor"ning asosiy tarkibida maydonga tushishni boshlaganimdan beri ko'pchilik Odil Ahmedov degan futbolchi borligini bildi, nazarimda.

- Siz haqingizda gazetalarda nimalar yozishayotganini o'qib borasizmi?

- Gazetani mendan avval ota-onam o'qishadi. CHunki vodiyda gazetalar dushanba kuni chop etilgani bois ularning qo'liga tezroq etib boradi. Men haqimda nimadir yozilgan bo'lsa, ular qo'ng'iroq qilib aytishadi. Ertasi kuni esa o'zim o'sha gazetani olib o'qiyman.

- Ko'cha-ko'yda muxlislar bilan duch kelib qolsangiz, ular sizdan ko'proq nimani so'rashadi?
- Oxirgi paytlarda qaerga bormay, kim bilan ko'rishmay hamma "Paxtakor"dan ketmaysizmi?" degan savol bilan murojaat qilyapti.

- Xo'sh, siz nima deb javob beryapsiz?
- Men ularga "Paxtakor" bilan shartnomam borligini, qolaversa, bu erda o'ynash o'zimga yoqayotganini aytyapman. Balki, yaqin yillar ichida o'zimni chetda sinab ko'rishim mumkin, ammo ungacha "Paxtakor" safida O'zbekiston chempioni bo'lishni xohlayman.

- Oxirgi bir yil ichida yaxshigina o'sishga erishdingiz. Bu asosan nima bilan bog'liq?

- Birinchi navbatda o'z ustimda ko'p ishlaganim tufayli deb bilaman. Bundan tashqari, bu yil juda ko'p o'yinlarda maydonga tushdim. Futbolchi qancha ko'p o'ynasa, shuncha shakllanib boraveradi.

- SHu darajaga chiqishingizga kim asosiy sababchi deb hisoblaysiz?
- Birinchi navtbatda ota-onamni alohida takidlab o'tgan bo'lardim. Yoshligimda qancha qiyinchilikka duch kelgan bo'lsam, barchasida ota-onam meni qo'llab turishdi. Menimcha, ularning borligi tufayli ham shu qiyinchiliklarni engib o'tdim. Jarohat olgan paytim ular ko'p marta ruhan dalda berishdi. Qolaversa, yashirishning hojati yo'q, menga Xudo tomonidan istedod ham berilgan. Ammo faqat istedod borligi bilan og'ir mehnatsiz hech narsaga erishib bo'lmaydi.

- Yoshlikdan qiyinchilik ko'rib katta bo'lganmisiz?
- Ota-onam ko'pchilik qatori o'rtahol odamlar hisoblanishadi. Qiyinchilik esa asosan jamoaga endi kelib qo'shilgan paytimda yuzaga kelgan. O'shanda juda yosh edim va tabiiyki mashg'ulotlar paytida ko'p qiynalardim. Menimcha, qiyinchiliksiz biror narsaga erishish qiyin. Agar osonlik bilan biror narsaga erishsangiz, o'sha narsa sizga ko'p ham tatimaydi.

- Sizni "Paxtakor"da kashf qilgan murabbiy deb Valeriy Nepomnyashiyni aytsa bo'ladimi?
- SHunaqa desa ham bo'ladi. CHunki Valeriy Kuzmich boshqa futbolchilar qatori menga ham "Paxtakor"ning asosiy tarkibida o'ynash imkonini berdi. SHu bois bu murabbiydan minnatdorman. Valeriy Nepomnyashiy meni birinchi marta safarda "Qizilqum" bilan kechgan bahsda faqat 20 daqiqaga maydonga tushirgandi. To'rtinchi o'yinimda esa murabbiy meni dastlabki daqiqalardan boshlab o'ynatdi, o'shanda biz "Navbahor"ga qarshi bahs olib borgan, men esa 90 daqiqa harakat qilgandim. Asosiy tarkibdagi birinchi golimni Kubok bahslarida "Vobkent" darvozasiga urganman. Buni qarangki, oliy ligadagi birinchi golimni ham "Vobkent" bilan o'yinda nishonlaganman.

- Bu murabbiy hozir "Tom" klubini boshqaryapti. Mabodo bu jamoadan sizga chaqiruv bo'lmadimi?

- Hozircha yo'q. Balki endi bo'lib qolar (kuladi).

- Hali yosh bo'lishingizga qaramay, odamlar hozirdanoq "Agar Odil Ahmedov o'zimizda o'ynashda davom etaversa, bir xil saviyada qotib qoladi" deyishyapti.
- Endi ko'p narsa futbolchining o'ziga bog'liq. Agar o'yinchi astoydil ishlasa, baribir vaqt o'tgan sari o'sib boraveradi. Yashirmayman, o'zimning ham Evropa klublarida to'p surib, o'zimni sinab ko'rish rejam bor. Lekin shu narsa qachon amalga oshishi mumkinligi to'g'risida bir narsa deya olmayman.

- Agar tanlash imkoniyati sizda bo'lganida qaysi chempionatni tanlagan bo'lardingiz?

- Misol uchun Rossiya chempionatidan CSKAni tanlagan bo'lardim. Evropa klublaridan esa shubhasiz "Milan"ga o'tgan bo'lardim. CHunki "Milan" menga juda yoqadi.

- Siz tayanch yarim himoyasida to'p surasiz. SHunday ekan, qay biri maqul - tayanchda bir o'zingiz o'ynashmi yoki yoningizda sherik bo'lganimi?
- Albatta, yonimda yana bitta tayanch yarim himoyachisi bo'lsa o'zimni ancha erkin his qilaman. CHunki tayanch yarim himoyasida bir o'zim o'ynasam, o'yin paytida joyim bo'shab qolishi mumkin. SHu bois yonimdagi sherigim bo'lsa, bir-birimizga ishongan holda to'p suramiz.

- Qaysi kamchiliklar ustida ko'proq ishlashim kerak deb hisoblaysiz?

- Mashg'ulotlar paytida uzoqdan zarba berish va jarima to'plaridan samarali foydalanish ustida ko'proq ishlashim kerak deb o'ylayman.

- Oxirgi vaqtlarda Evropadan kimning o'yinlarini kuzatib boryapsiz?
- Ko'pincha Kaka, Rikelme, Jerard o'yinlarini kuzatib boraman. Bu futbolchilarning hatti-harakatlari menga doim zavq bag'ishlaydi.

- Tug'ilgan kuningizga ham oz qolyapti. Uni qanday nishonlaysiz?

- Xuda xohlasa, bu yil tug'ilgan kunimni ota-onam va umuman oilam davrasida nishonlamoqchiman. CHunki bundoq o'ylab qarasam qariyb o'n yildirki tug'ilgan kunimni ota-onam bilan nishonlamagan ekanman. Toshkentga kelganimga sakkiz yil bo'ldi, shundan beri tug'ilgan kunimni o'zim o'tkazyapman. Namangan liceyida o'qib yurgan kezlarim 25 noyabr seshanba-chorshanba kunlariga to'g'ri kelib qolardi, shu bois uyga bora olmasdim. Bu yil esa mavsum biroz erta tugaydigan bo'ldi, shuning uchun oxirgi turni o'tkazganimizdan so'ng uyga ketmoqchiman.

Xayrulla XOLIQOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика