Xayrulla Karimov: "Vohid SHodiev gol urganida qahramon bo'lardi"
26 fev 2014 03:00
Yangiliklar

Xayrulla Karimov: "Vohid SHodiev gol urganida qahramon bo'lardi"
"Al Fath" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng "qaldirg'ochlar" himoyachisi Xayrulla Karimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin qiziqarli va kurashlarga boy bo'ldi. Biz uchun ushbu bahs juda muhim edi. Asosiy maqsadimiz qarshi hujumlardan foydalanish edi. Katta tanaffusdan so'ng ilk rasmiy o'yin bo'lgani uchun tavakkal qilmadik. "Al Fath" aynan biz kutganimizdek o'ynadi. Simonenko bilan bir-birimizni yarimta so'zdan tushunayapmiz. U jamoamizga tezda moslashib ketdi. Vohid SHodiev gol urganida qahramon bo'lardi. Bu guruhda kurash juda qizg'in kechadi. Qatarda bo'lib o'tgan o'yinda ham 0:0 hisobi qayd etilgani fikrimni isbotlab turibdi", - deb gap boshladi Xayrulla Karimov.
- Ikkinchi bo'limda majburiy ravishda almashtirildingiz...
- Ha, to'qnashuvlardan birida oyog'imda og'riq seza boshladim. Juda qiynaldim. SHifokorlar yordamidan so'ng og'riq qolgandek bo'ldi. Ammo bu holat vaqtincha ekani malum bo'ldi. SHu bois o'rnimga boshqa futbolchi tushishini so'radim.

Fikrlar