So’nggi yangiliklar

21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0

Xayrulla Karimov: "OCHLda jamoamiz oldiga eng yuqori marra qo'yilgan" Yangiliklar

Xayrulla Karimov: "OCHLda jamoamiz oldiga eng yuqori marra qo'yilgan"

Toshkentning "Bunyodkor" klubi sardori Xayrulla Karimov "Al Jazira"ga qarshi pley-off uchrashuviga maydonga tushmadi.
SHunday bo'lishiga qaramay jamoa etakchisi bu o'yindan qoniqdi. Tajribali himoyachi o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Al Jazira"ga qarshi juda chiroyli o'yin bo'ldi. Albatta , o'yindan va natijadan jamoamiz qoniqdi. Bizning maqsad guruh bosqichiga chiqish edi. SHu bilan birga mavsumni muxlislar uchun yaxshi kayfiyatda boshlab berish vazifamiz edi. Hujumkor o'yinda g'alaba qozondik. Bu natija bilan to'xtab qolmaslik kerak. O'yin yakunlangandan boshlab guruh bosqichi haqida o'yladik" , - deydi Xayrulla Karimov.

- "Bunyodkor"ning o'yin oldi matbuot anjumanida Xayrulla Karimov ishtirok etishi haqida eshitgan edik. Keyinchalik maydonda ham asosiy tarkibda ko'rmadik. Buning nima bilan izohlar edingiz ?

Bu murabbiyning qarori va uni hurmat qilamiz. Kim o'yinga tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushdi. Hali mavsum oldinda har bir futbolchida o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat etarlicha topiladi. Asosiysi kim maydonga tushgani emas natijadir.

- "Bunyodkor" OCHLda ko'p yillardan buyon ishtirok etib kelmoqda. Endi jamoa oldiga vazifa qo'yilish fursati etmadimi ?

Jamoamimiz bu yilda ham o'z oldiga eng oliy vazifani qo'yadi. Umuman klubimiz maqsadi har qanday musobaqada faqat chempionlikdir. Bu yil OCHLda ham eng yuqori marra qo'yilgan. Buning uchun bizda imkoniyat ham etadi deb o'ylayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика