Angliya. "Manchester Siti" irodali g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2017, 22:57
APL 13-turidan o'rin olgan "Xaddersfild" - "Manchester Siti" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Liga debyutanti mehmoni bo'lgan Xosep Gvardiola shogirdlari birinchi taym so'nggida avtogol tufayli hisobda ortda qolishayotgandi. Ikkinchi bo'lim boshida Aguero penaltidan gol urib hisobni tenglashtiri. Bahs kulminaciyasi 84-daqiqada sodir bo'ldi. Rahim Sterling o'zi boshlagan hujumni yakunlab "Siti"ga irodali g'alabani keltirdi - 2:1.


Xaddersfild – Manchester Siti 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 
1:0 – 45, avtogol Otamendi, 1:1 – 47, penalti Aguero, 1:2 – 84 Sterling.
Xaddersfild – Lessl, Yorgensen, Meloun (Leve, 74), Smit, Shindler, Xogg (Mune, 86), Uilyams, Muy, Ins (Kvaner, 81), van La Parra, Depuatr.
Manchester Siti –    Ederson, Kompani (Gabriel Jezus, 80), Otamendi, Uoker, Delf, Silva (Mangalya, 89), Fernandino, Sterling, de Bryuyne, Sane, Aguero (Gyundogan, 86).
Ogohlantirishlar: Xogg (56), Fernandino (63), Meloun (64), Silva (87).




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia