Xabib va Konor jangi qachon boshlanadi?

Narzulla Saydullayev
7 okt 2018, 08:32
Ko'plab muxlislar erta tongdan jangni kutayotganiga shubha yo'q.

Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor o'rtasidagi jang Toni Fergyuson - Entoni Pettis o'rtasidagi jangdan keyin boshlanadi.

Yani Toshkent vaqti bilan taxminan soat 9:30da.


Ushbu jangni qayerda tomosha qilish mumkin? Yil jangini translyatsiya qiladigan telekanal va saytlar ro'yxatini e'tiboringizga havola qilamiz.

1. Match TV

Rossiyaning asosiy sport kanali ushbu jangni jonli efirda olib beradi. Kanalning rasmiy saytida ham transyalciyani ko'rish mumkin.


2. 2+2

Jangni tomosha qilish uchun ikkinchi manba Ukrainaning 2+2 telekanalidir. Ushbu kanalda ham rasmiy sayt mavjud.


3. Odnoklassniki

"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog'idagi Sila TV sahifasi ushbu jang translyatsiyasini sotib olgan. Ko'proq interter trafik sotib olib, ushbu translyatsiyani tomosha qilishingiz mumkin.


4. TopFight.ru

TopFight.ru sayti ham ushbu jang uchun katta pul sarfladi. Ushbu saytda yozilishicha jang sharlovchilarsiz efirga uzatiladi


5. KazSport

Qozog'istonning KazSport telekanali ham jangni jonli translyatsiya qiladi.


Yuqorida keltirib o'tgan manbalarimizda translyatsiyalar tekin. Siz faqat o'z internet trafikingiz uchun pul to'laysiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia