Xabib CHerchesovga taklif qilgan futbolchiga La Liga klubi qiziqmoqda
09 noy 2019 16:13
Yangiliklar
Xabib CHerchesovga taklif qilgan futbolchiga La Liga klubi qiziqmoqda
"Krasnodar" forvardi Magomed-SHapi Sulaymonov faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
19 yoshli futbolchining xizmatlariga "Vilyarreal" klubi qiziqmoqda. "Sariq suvosti kemasi" vakillari rossiyalik hujumchini bir necha bor kuzatishgan.
Klub skautlarining so'zlariga ko'ra, Sulaymonov "Vilyarreal" tomonidan 10 million evroga xarid qilinishi mumkin. Ammo, "Vilyarreal" bitimni yozgi transferlar oynasiga qadar amalga oshira olmaydi.
"Buqalar"ga keladigan bo'lsak, ular forvardning sotuvidan ko'proq pul ishlashni rejalashtirishgan.
Sulaymonov joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
"Реал Мадрид" ва ниҳоят Ла Лигада ғалаба қозонди. Мбаппедан дубль
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Fikrlar