Xabi Alonso "Borussiya" bilan kelishib olmagan
23 mar 2021 22:55
Yangiliklar


Xabi Alonso "Borussiya" bilan kelishib olmagan
Xabi Alonsoning Menxengladbaxning "Borussiya"si bosh murabbiyiga aylanishi so'roq ostida qolmoqda.
Oldinroq ispaniyalik mutaxassis ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoa bosh murabbiyligidan ketadigan Marko Rozening o'rnini egallashi kutilayotgani borasida malumotlar berilgandi.
Biroq "Marca" nashri ushbu xabarni rad etdi. Nemis klubi 39 yoshli mutaxassisga taklif bilan chiqqani rost. Ammo Xabi bu so'rovga javob berganicha yo'q.
Ayni damda u "Real"ning yoshlar jamoasini boshqarmoqda.
"Borussiya" M ushbu mavsumda Bundesliganing 26 o'yinida 36 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar