So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

Xabi Alonso: "Bavariya"ga o'tish meni faoliyatimdagi eng yaxshi tanlovlarimdan biri bo'ldi" Yangiliklar

Xabi Alonso: "Bavariya"ga o'tish meni faoliyatimdagi eng yaxshi tanlovlarimdan biri bo'ldi"

"Bavariya"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Xabi Alonso klubning rasmiy saytiga intervyu berdi.
- Xabi, faoliyatingizdagi ilk qishki tatilingiz qanday o'tdi?
- Bu men uchun yangilik bo'ldi. Tatil juda yoqdi. Biz oyoq va boshimizga dam berdik. Endi esa yangi kuch bilan maydonga qaytamiz. Hozirda biz mavsumning ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Hammasi juda yaxshi kechmoqda.

- Mashg'ulotlar ancha og'ir o'tmoqda. Biroz yosharishni istarmidingiz?
- Yo'q, yoshim bu erda muhim emas. Asosiysi, men o'zimni qanday his qilayotganimda. Men o'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman va hammasi o'z joyida. Qolganlarga o'xshab mashg'ulotlarda qattiq ishlayapman. Mavsumni ikkinchi qismida bo'ladigan muhim o'yinlargacha o'zimning optimal formamni tiklab olishim zarur.

-Bu sizning "Bavariya" bilan o'tkazgan ilk yig'iningiz bo'ldi. Masalan "Liverpul" yoki "Real"niki bilan farqi bo'ldimi?
- Umuman olganda mashg'ulotlar deyarli farq qilmaydi. Lekin hammasi har xil o'tadi. Ayniqsa Gvardiolaning ish jarayoni boshqalarnikidan farq qiladi. Men Pepdan juda ko'p narsalarni o'rganmoqdaman.

- Bu yig'in shaxsan sen uchun juda foydali bo'ldi deb hisoblaysanmi?
- Qatarda biz futbolchilar bilan juda ko'p vaqtimizni birgalikda o'tkazdik. Jamoadagi barcha futbolchilar bilan yaxshi aloqadaman. "Bavariya"da hammasi juda yuqori professional darajada tashkil etilgan.


- Sen yangi kollektivga juda tez kirishib ketding...
- Ha, bu men uchun ortiqchi muammo keltirib chiqarmadi. Men bundan 10 yil avval "Livepul"ga kelganimda ham jamoaga kirishib ketishda muammoga duch kelmagandim. "Bavariya"ga o'tishimga asosiy sabab yangi tajriba to'plamoqchi edim. Bundesliga va "Bavariya"ning o'zgacha jamoa ekanligini o'z ko'zim bilan ko'rish edi. Bu yurish meni faoliyatimdagi eng yaxshi tanlovlardan biri bo'ldi deya olaman.

- Balki bizga shunday tuyulayotgandir, ko'rinishidan Bastian SHvanyshtayger bilan bir-birlaringizni so'zsiz tushunayotgandeksizlar...?
- Bastian juda yaxshi inson. SHvaynshtayger juda zo'r do'st. Bizlar avvallari juda ko'p bir-birimizga qarama-qarshi o'ynaganmiz. Ikkalamiz ham o'zimizning o'yinlarimizdan lazzatlanamiz. Basti "Bavariya"ning asosiy futbolchi hisoblanadi. SHvaynshtayger jamoa faxriysi sanaladi. Bu futbolchi jamoaning "yuzi" hisoblanadi.

- To'p uzatmalarni amalga oshirish sening eng asosiy quroling. Yoshligingda ham shunaqangi to'p uzatishlarni qoyillatarmiding?
- Bu mening ishim. Qachonki sen maydon markazida o'ynasang, unda birinchi qiladigan ishing bu jamoadoshlaringni to'p bilan taminlash. Himoya va hujum chizig'ini bog'lab turish meni vazifam. O'yinga temp bag'ishlash ham mening asosiy ishlarimdan biri sanaladi.

- Nemis tilini o'rganish ishlari qanday kechmoqda?

- Tatil paytida men uyga vazifalarni bajargandim. Myunxenda til o'rganishni yana davom ettiraman. Asta-sekin o'rganib bormoqdaman. Lekin nemis tili ancha qiyin ekan. Biroq vaqt kerak hali. Nemis tilini o'rganishga qaror qilganman va bu meni maydondan tashqaridagi asosiy ishlarimdan biri.

- Jamoada seni asosiy til o'qituvching kim?
- Tomas Myuller.

- Tomas? Undan ko'proq "bavariyacha"ni o'rganish mumkin...?

- Ha, astalik bilan nemischani o'rganmoqdaman. Keyinchalik bu tilni ham o'rganib olaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика