So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Vyacheslav SHevchenko va Andrey Derkach “Qizilqum” sharafini himoya qiladi Yangiliklar

Vyacheslav SHevchenko va Andrey Derkach “Qizilqum” sharafini himoya qiladi

Yana sanoqli kunlardan so'ng, O'zbekiston yigirma to'rtinchi milliy chempionati start oladi.
Yangi mavsumga Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ham puxta hozirlik ko'rdi. Jamoa azolari bahslarga besh bosqichda o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etdi. O'tgan mavsumni navoiyliklar tarkibida o'tkazgan Eldor Boymatov, Samandar SHodmonov (“SHo'rtan”), Ruslan Vagapov (“Metallurg”), Navro'zbek Alimov (“Paxtakor”) lar boshqa jamoalarda o'z omadlarini sinab ko'rishga qaror qilishdi.

“Qizilqum” futbol klubi rahbariyati esa tarkibni kuchaytirish, o'yin uslubini shakllantirishga alohida urg'u berdi. Konchilar Navoiy, Toshkent shaharlarida yig'inlar tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan, Turkiyaning Antaliya shahrida ikki haftalik o'quv-mashg'ulotlari uyushtirdi. Turkiya yig'ini davomida “Rostov” (Rossiya), “Qaysar”, “Oqjetpes” (Qozog'iston), “Karpati” (Ukraina), “Lokarno” (SHveycariya) hamda “Ventslis” (Latviya) jamoalari bilan sinov uchrashuvlarida maydonga tushdilar.

Yig'inlar davomida mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda ko'plab yangi o'yinchilar murabbiylar ko'rigidan o'tdi. Yakunda yangi mavsumdan boshlab yarim himoyachi ukrainalik Andrey Derkach (“Mashal”), hujumchilar Bahriddin Vahobov (“Buxoro”), yana bir ukrainalik legioner Vyacheslav SHevchenko (“Birkirkara” Malta)lar klub bilan shartnoma imzoladilar. SHuningdek, navoiylik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan futbolchilar Feruz Boboqulov, Xurshid Yo'ldoshevlar yana o'z sevimli jamoalari libosida maydonga tushishga qaror qilishgan. Bundan tashqari, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Qizilqum” jamoasida o'tkazgan gruziyalik legioner Georgiy Kvesieshvili klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

SHu o'rinda ukrainalik legionerlar xususida quyida ikki og'iz malumot berib o'tamiz:

Derkach Andrey Vladimirovich
1985 yil 28 mayda Ukrainaning Borispol shahrida tug'ilgan.
Bo'yi - 182 sm, vazni - 69 kg.
U o'z futbolchilik faoliyatini Ukrainaning “Borisfen” jamoasida boshlagan. Turli yillarda “SHaxtyor” (Doneck), “Volin” (Luck), “Gelios” (Xarkov), “Zimbru” (Moldova), “Poltava” (Ukraina) jamoalarida to'p tepgan.

O'tgan mavsumda Muborakning “Mashal” jamoasi tarkibida 22 uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.

SHuningdek, Andrey Derkach 2005 yilda Ukraina (U-21) yoshlar terma jamoasida to'rtta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ukrainalik legioner “Qizilqum” jamoasida 33-raqam ostida maydonga chiqadi.

SHevchenko Vyacheslav Tarasovich
1985 yil 30 mayda Lvov shahrida tug'ilgan.
Bo'yi - 186 sm, vazni - 74 kg.
U o'z futbolchilik faoliyatini Lvovning “Sokol” jamoasida boshlagan. Turli yillarda “Borisfen” (Borispol), “Torpedo-Metallurg” (Moskva), “Stal” (Alchevsk), “Aleksandriya” (Aleksandriya), “Lokomotiv” (Toshkent), “Birkirkara” (Malta) jamoalarida o'ynagan.

O'tgan mavsumda Slava mavsumning birinchi yarmini  Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida o'tkazib, etti uchrashuvda maydonga tushgan va bitta gol muallifi bo'lgan edi.

Vyacheslav SHevchenko “Qizilqum” jamoasi tarkibida 9-raqamda harakat qiladi.

SHuningdek, muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Bahriddin Vahobov esa navoiyliklar tarkibida 10-raqamda maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” futbolchilari ilk uchrashuvni o'z maydonida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yin 14 mart kuni soat 17.00 da Navoiyda “Umid” qo'rg'onidagi “Yoshlar” sport majmuasida boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика