So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  22 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Vyacheslav SHevchenko: Lokomotivga gollarim bilan foyda keltirmoqchiman Yangiliklar

Vyacheslav SHevchenko: Lokomotivga gollarim bilan foyda keltirmoqchiman

Dekabr oyida muvaffaqiyatli xaridlarni amalga oshirgan “Lokomotiv” jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
Temiryo'lchilar kuni kecha yana ikki nafar yangi o'yinchi bilan shartnoma imzolashdi. Ukrainalik hujumchi Vyacheslav SHevchenko va moldaviyalik yarim himoyachi Andrey Kojokar Lokomotiv o'yinchilariga aylanishdi. Aytish kerakki, SHevchenko bilan tuzilgan shartnoma temiryo'lchilar uchun muhim ahamiyat kasb etdi. CHunki jamoaga yaxshi saviyadagi hujumchi kerak edi. Farhod Tojiev jarohatdan hali to'la forig' bo'lgani yo'q. “Loko”da hujumchilardan Aleksandr SHadrin va Ivan Nagaev qolgandi. SHu bois murabbiylar jamoaga legioner hujumchini jalb etishdi. SHevchenko o'zining yaxshi jihatlarini ko'rsata olgani bois u bilan shartnoma imzolandi. Bu futbolchiga to'xtaladigan bo'lsak, SHevchenko shu kungacha faoliyatining asosiy qismini Ukraina birinchi ligasi klublarida olib borgan. U Stal va Aleksandriya klublarida yaxshi o'yinlar namoyish etgan. Temiryo'lchilar Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketishdan oldin SHevchenkodan intervyu oldik.

- Vyacheslav, suhbatimizni avvalo Lokomotivga kelishingizdan boshlasak, bu variant qanday paydo bo'ldi?
- Bungacha men Aleksandriya klubida o'ynayotgandim. O'tgan mavsum yakunlangach oilam bilan dam olishga chiqqandim, shunda agentim va do'stlarim O'zbekistonda o'ynash variantini taklif qilishdi. Albatta, bu menga qiziq tuyuldi. Ammo bu taklifni qabul qilishim uchun oldimda muammo bor edi. Boisi Aleksandriya klubi bosh murabbiyidan ruxsat so'rashim lozim edim. Murabbiy bilan maslahatlashganimda Aleksandriya bu yil o'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'ya olmasligini aytib ketishimga qarshilik bildirmadi. SHu tariqa xotarjam Toshkentga keldim va dekabr oyida Lokomotivning mashg'ulotlarida ishtirok etdim. Murabbiylarga o'zimni ko'rsatishga harakat qilib, kuni kecha jamoa bilan shartnoma imzoladim.

- SHartnoma necha yilga mo'ljallangan?
- Temiryo'lchilar bilan bir yillik bitim tuzdim. Albatta, bu vaqt oralig'ida menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman.

- Oldingizda boshqa takliflar ham bormidi? Aynan Lokomotivni tanlashingizga nima turtki bo'ldi?
- Lokomotivgacha boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lgandi. Lekin men Aleksandriyaga o'rganib qolgandim va u erda o'zimni yaxshi his qilardim. Rahbariyat va bosh murabbiy bilan yaxshi aloqada edim. SHuning uchun boshqa klublarga ketishni xohlamasdim va ularning taklifini ham ko'rib chiqmasdim. Biroq Lokomotivdan taklif kelgach, bu jamoa o'z oldiga jiddiy vazifalar qo'ygani etiborimni tortdi. Vaholanki, bungacha Aleksandriya bosh murabbiyiga bu yil ham jamoada qolishimni aytgandim. Lekin vaziyat o'zgarib ketdi va O'zbekistonda o'zimni sinab ko'rishga qaror qildim.

- Bungacha Lokomotiv to'g'risida qanday tasavvurga ega edingiz?
- Jamoa so'nggi ikki yildan beri sovrinli o'rinlar uchun kurashayotganini bilardim. Bu borada Bunyodkor hujumchisi Oleksandr Pishur bilan gaplashganimda, u menga Lokomotiv kuchli jamoa ekanligini va o'z oldiga yuqori vaziflar qo'yganini aytdi. Bundan tashqari Pishur Toshkent shahri, umuman O'zbekiston haqida kerakli malumotlarni bergandi. Aynan undan Lokomotiv to'g'risida bilib olgandim.

- Toshkenga kelib jamoa bilan tanishdingiz. Xo'sh, Lokomotiv Pishur tariflagandek jamoa ekanmi?
- Ha, O'zbekistonga keliboq juda yaxshi jamoa safidan joy olganimni his qildim. Jamoa meni yaxshi qabul qildi. Futbolchilar bilan ham tez til topisha oldim va ular menga har taraflama yordam berishmoqda. Umuman jamoadagi muhit menga yoqdi.

- Lokomotivda hamma narsa alo darajada ekanligini o'ylamaganmidingiz?
- Yo'q, tarkibga qo'shilganimda jamoa rivojlanish bosqichini o'tayotganini, yangi baza va stadion qurilganini aytishdi. Haqiqatda klubda sharoitlar alo darajada ekanligini ko'zim bilan ko'rdim. Faqat stadionni hali ko'rib chiqqanim yo'q. CHunki mashg'ulotlarni hozircha suniy qoplamali maydonda o'tkazyapmiz. Bir so'z bilan aytganda, futbol o'ynash uchun barcha sharoitlar bor. Biz esa o'z ishimizni qilishimiz kerak.

- Yangi jamoa bilan mavsumga tayyorgarlik qanday ketmoqda? SHug'ullanishni boshlaganinglarga ham bir oy bo'ldi.
- Mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. Yig'inlar boshlanganiga ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Ayni paytda jamoa poydevori tuzilmoqda. Mashg'ulotlar qiziqarli o'tmoqda. Har bir jarayonlar ustida astoydil shug'ullanyapmiz.

- Yangi jamoangizning hujum chizig'ida raqobat qanday ekanligini his qilyapsiz?
- Bunday saviyadagi klublarda albatta raqobat yuqori bo'ladi. Albatta, raqobatni borligi yaxshi. CHunki busiz o'sishdan to'xtab qolish mumkin. Lokomotivda ham raqobat o'ziga yarasha. Bu esa mendan faqat ishlashim kerakligini talab qilyapti.

- Albatta, inson kelajakda nima bo'lishini oldindan bilmayman. Masalan, siz ham O'zbekistonda o'ynayman deb o'ylamagansiz. Ilgari hech chempionatimizga qiziqib kuzatganmisiz?
- To'g'risini aytsam, O'zbekiston chempionatini diqqat bilan kuzatib bormaganman. Ammo Bunyodkor, Lokomotiv, Paxtakor kabi jamoalar borligini bilardim. Ilgari qishki yig'inlarda Paxtakorga qarshi maydonga ham tushganman. SHu bois klublaringiz to'g'risida qisman bilardim. Lekin chempionatingiz borasida hali to'la tasavvurga ega emasman.

- Fevral oyida Lokomotiv Osiyo CHempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etadi. Bu ham siz uchun yangi turnir bo'ladi.
- Ha, Osiyokuboklarida birinchi marta o'ynash imkoniyatiga ega bo'lib turibman. To'g'ri, ilgari BAAda yig'inlar tashkil etilganda Osiyo klublariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazganmiz. Lekin rasmiy uchrashuvlarda hech qachon to'p surmaganman. SHu bois OCHLda qatnashish men uchun qiziq. Qolaversa, bunday turnirlar futbolchini o'sishiga turtki beradi.

- Yuqorida aytgan gapingizdan Oleksandr Pishur bilan yaxshi aloqada ekanligingizni bildik. O'tgan mavsum bu hamyurtingiz uchun juda muvaffaqiyatli kechdi. Pishur Bunyodkor bilan O'zbekiston chempioni va kubok sohibiga aylanishdan tashqari chempionatning eng yaxshi to'purari ham bo'ldi.
- Bundan xabarim bor. U mahoratli hujumchi va har qanday vaziyatda ham gol urish imkoniyatini yarata oladi.

- Siz debyut mavsumingizni Pishurdek o'tkazishni xohlasangiz kerak?
- Kelajakda nimalar bo'lishini oldindan hech qachon aytish qiyin. Men hujumchiman va vazifam gol urish. Lokomotivga men gollar urib yordam berish maqsadida keldim. Mendan murabbiylar har bir o'yinda gol kutishadi. SHuning uchun men o'z vazifamni bajarsam bo'lgani. Asosiysi jamoamning g'alabasidir.

- Lokomotiv bu yil o'z oldiga chempionlik vazifasini quyayotganini sizga aytishgandir?
- Bilishimcha, o'tgan mavsumda ham jamoa chempionlikni maqsad qilgan, ammo bunga erisha olmagan. Bu yil ham jamoa oldiga maksimal vazifalar qo'ygan. Bu maqsadga erishish yo'lida men ham o'z hissamni qo'shmoqchiman.

- Jamoaga mahoratli futbolchilar yig'ilgan. Qolaversa, shu kungacha ikkita nazorat o'yini o'tkazildi. Jamoa o'yinini moslashish qanday kechmoqda?
- To'g'ri, shu paytgacha ikkita uchrashuv hamda bir ikki tomonlama o'yin o'tkazildi. O'yindan-o'yinga yanada yaxshi bo'lib boradi. Ha, jamoaga tajribali o'yinchilar yig'ilganini birinchi uchrashuvdayoq ko'rdim. SHu bois maydonda bir-birimizni tushunish qiyin bo'lmayapti. SHuningdek, safimizda iqtidorli yoshlar ham bor.

- Bosh murabbiy haqida fikringiz qanday?
- Murabbiy to'g'risida nima deyishim mumkin? U bilan yaxshi munosabatdaman. Hozirda murabbiy jamoa o'yinini shakllantirishga harakat qilyapti.

- To'g'ri, hali yurtimizda mavsum boshlangani yo'q. Lekin Ukrainadan ko'ra bu erda gol urishim osonroq bo'ladi degan fikr ham hayolingizdan o'tgandir?

- Yo'q, buni o'ylamadim. O'zbekistonda ham futbol saviyasi yuqori. Qolaversa, hozircha nazorat o'yinlari suniy qoplamali maydonlarda o'tkazilmoqda. Bunday maydonlarda gol urish oson emas. Men uchun yangi chempionat va bu erda qancha gol urishimni vaqt ko'rsatadi.

- Ukrainadagi faoliyatingizda eng yaxshi o'yinlaringiz qaysi jamoalarda o'tgan?

- Aleksandriyada yaxshi damlarni o'tkazdim. Oxirgi ikki yilni shu klubda o'tkazib o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. Aleksandriyadagi faoliyatimdan ko'nglim to'lgan.

- Oleksandr Pishur Ukraina birinchi ligasida ham to'purar bo'lgan. Sizda ham sermahsullik borasida shunday ko'rsatkichlar bormi?

- Ukraina birinchi ligasida men ham to'purarlar bahsida qatnashib uchinchi bo'lganman. O'shanda bitta uchrashuvda penaltidan gol ura olmagandim. Aks holda men ham to'purarlar qatoridan joy olardim.

- Lokomotiv safiga moldaviyalik futbolchi Andrey Kojokar bilan birga qo'shildingiz. U bilan avvaldan tanishmidingiz?

- Andray shunchaki bilardim. Ilgari yig'inlar paytida bir-birimizga qarshi to'p surganmiz. Toshkentga kelib u bilan yanada yaqinroq tanishib do'stlashib oldim.

- O'zbekistonlik futbolchilardanchi, birortasi bilan ilgari tanish bo'lganmisiz?

- Bilasizmi, bugun internetda bir yangilikni o'qidim. Unda Baxtiyor Ashurmatov qaysidir jamoaga bosh murabbiy bo'lgani yozilgandi. Buni o'qib va Ashurmatovni suratini ko'rib, aynan u bilan ilgari bitta klubda bo'lganimizni esladim. 2003 yili Moskvaning Torpedo-Metallurg klubida Ashurmatov bilan birga o'ynaganmiz. Qolaversa, u bilan bitta xonada yashaganmiz. Men u paytda 17 yoshda edim. O'zbekistonlik futbolchilardan faqat Baxtiyor Ashurmatovni tanishimni ayta olaman. Lekin hali u bilan ko'rishib gaplashganim yo'q. CHunki Ashurmatovni bu erda ekanligini bilmagandim.

- Nima uchun Rossiyada uzoq vaqt o'ynab keta olmagansiz?
- 17 yoshimda Rossiga kelganman va asosan Torpedo-Metallurgni o'rinbosarlari safida o'ynaganman. Asosiy tarkibda esa faqat bitta uchrashuvda to'p surganman xolos. U paytda yosh edim va jamoada tajribali o'yinchilar ko'p edi. Qolaversa, legioner edim va o'ynashim uchun menga ko'p imkoniyat berishmagan. Bundan tashqari jarohat ham Rossiyada o'ynab ketishimga to'sqinlik qilgan. Ammo Rossiyadagi faoliyatim menga yaxshi maktab bo'lgan.

Malumot uchun:

Vyacheslav SHevchenko

Tug'ilgan sanasi: 30 may 1985 yil
Fuqoroligi: Ukraina
Ampluasi: Hujumchi
O'ynagan klublari:
2001-2003 Borisfen 5(0)
2003Torpedo-Metallurg (Rossiya) 1(0)
2005-2006Stal (Dneprodzerjinsk 5(0)
2006-2007Ilichyovec 1(0)
2007-2008Feniks-Ilichyovec 12(5)
2008-2010Stal (Alchevsk) 68(19)
2011-2013Aleksandriya 56(21)

Boburbek TURSUNOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика