"Vulverxempton" "Yuventus" futbolchisiga 33 million evro taklif qildi
06 mar 2020 13:32
Yangiliklar


"Vulverxempton" "Yuventus" futbolchisiga 33 million evro taklif qildi
"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin edi.
"Vulverxempton" futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo Turin klubi bilan bitim borasida kelishuvga erishilmadi.
Xabarlarga ko'ra, "bo'rilar" Rugani uchun 33 million evro to'lashga tayyor edi. "Yuventus"ni esa bu qoniqtirmadi, shu sabab klub o'yinchini "Vulverxempton"ga berib yubormadi.
Eslatib o'tamiz, Ruganiga shuningdek "Lester", "Roma" va "Arsenal" klublari ham raqobat olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar