"Vulverxempton" koreyalik futbolchini tarkibiga qo'shib oldi. O'yinchi MYUga qarshi o'yin oldidan tanishtirildi
29 avg 2021 21:56
Yangiliklar
"Vulverxempton" koreyalik futbolchini tarkibiga qo'shib oldi. O'yinchi MYUga qarshi o'yin oldidan tanishtirildi
"Leypcig" hujumchisi Xi CHan Xvan faoliyatini APLda davom ettiradi.
"Vulverxempton" klubi rasmiy sayti Janubiy koreyalik Xi CHan Xvanni klub tarkibiga qo'shib olinganini rasman elon qildi. Xvan mavsum oxiriga qadar ijarada to'p suradi. "Vulverxempton" keyingi mavsum futbolchini to'liq sotib oladi.
25 yoshli koreyalik forvard o'tgan mavsumda "Leypcig" safida 26 marta maydonga tushgan edi.
Fikrlar