“Vulverxempton” APLda 40 yil ichida ilk bor “Arsenal”ni mag'lub etdi
25 apr 2019 08:46
Yangiliklar


“Vulverxempton” APLda 40 yil ichida ilk bor “Arsenal”ni mag'lub etdi
“Bo'rilar” APLning 31-tur qoldirilgan o'yinida “Arsenal”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Jamoa APLda ishtirok etayotganidan beri ilk bor tanaffusga qadar 3 ta to'p farqini vujudga keltira oldi. “Vulverxempton” “Arsenal”ni APLda so'nggi bor 1979 yilda mag'lub etgandi. SHundan so'ng jamoalar 20 ta bellashuv o'tkazgan, ulardan 16 tasida London klubi g'alaba qozongan bo'lsa, yana 4 tasida tomonlar durangga rozi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar