So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Vuchinichdan Jusileygacha yoxud "Al Jazira"ning legionerlari Yangiliklar

Vuchinichdan Jusileygacha yoxud "Al Jazira"ning legionerlari

"Bunyodkor" klubining OCHL-2015 pley-offida BAAning "Al Jazira" klubiga qarshi o'ynashi haqida xabar bergandik.
Raqib haqida dastlabki malumotlar ham taqdim etildi. Bugun esa "Al Jazira"ning legionerlari bilan tanishtirib o'tamiz.

Jamoada to'rt nafar legioner to'p tepmoqda. Ularning eng mashhuri shubhasiz Mirko Vuchinich hisoblanadi. CHernogoriyalik futbolchi Italiyaning "Lechche", "Roma" va "Yuventus" kabi klublarida faoliyat olib borgan. Terma jamoa safida hozirga qadar 40ta o'yin o'tkazib 16ta gol urgan.



Mirko Vuchinich
Tug'ilgan sanasi:
1983 yil 1 oktyabr
Tug'ilgan joyi: Yugoslaviya, Nikshich shahri.
Bo'yi: 186 sm.
Ampluasi: hujumchi
Yutuqlari: Italiya chempioni (2012, 2013, 2014), Italiya kubogi sohibi (2007, 2008), Italiya Superkubogi sohibi (2007, 2012, 2013).

Argentinalik Manuel Lanzini u qadar mashhur bo'lmasligi mumkin, lekin jamoaning muhim o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Professional faoliyatini 17 yoshida o'z yurtida "River Pleyt" klubida boshlagan Lanzini bir yil Braziliyaning "Fluminense" klubida ijarada o'ynashga ham ulgurgan. SHu yil BAAga ko'chib kelgan. Argentina yoshlar jamoasi safida 4ta o'yinda maydonga tushgan.



Manuel Lanzini
Tug'ilgan sanasi
: 1993 yil 15 fevral
Tug'ilgan joyi: Argentina, Ituzaingo shahri.
Bo'yi: 169 sm.
Ampluasi: hujumkor yarim himoyachi
Yutuqlari: "Taka Guanabara" kubogi sohibi (2012), Karioka chempioni (2012), Argentina chempioni (2014)

Germaniyaning "Gamburg" klubidagi faoliyati orqali tanilgan Jonatan Pitroipa ham "Al Jazira" safida o'ynab kelmoqda. Burkina Fasolik futbolchi Germaniyada "Frayburg" va Franciyada "Renn" klublarida ham o'ynagan. Terma jamoa safida 51ta uchrashuvda ishtirok etib 14ta gol urgan.



Jonatan Pitroipa
Tug'ilgan sanasi:
1986 yil 12 aprel
Tug'ilgan joyi: Burkina Faso, Ouagadougou shahri.
Bo'yi: 176 sm.
Ampluasi: qanot yarim himoyachisi

Maxachqalaning "Anji" klubida o'ynab o'zbek futbol muxlislariga tanish Jusiley hozirda "Al Jazira" safida faoliyat olib bormoqda. Yarim himoyachi Braziliyada "Maluselli" va "Korintians" kabi klublarda o'ynagan, Rossiyada "Anji"da to'p tepgan. Braziliya terma jamoasi safida 2ta uchrashuvda maydonga tushgan. Qizig'i Jusiley hozirda Falastin fuqarosi sifatida "Al Jazira" sharafini himoya qilmoqda.



Jusiley
Tug'ilgan sanasi:
1988 yil 6 aprel
Tug'ilgan joyi: Braziliya, Rio de Janeyro shahri.
Bo'yi: 185 sm.
Ampluasi: tayanch yarim himoyachisi
Yutuqlari: Braziliya kubogi sohibi (2009)


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика