Vrsalko "Atletiko"ni erkin agent maqomida tark etdi. Himoyachi klubda 2016 yildan beri o'ynayotgandi
01 iyu 2022 11:34
Yangiliklar
Vrsalko "Atletiko"ni erkin agent maqomida tark etdi. Himoyachi klubda 2016 yildan beri o'ynayotgandi
"Atletiko" himoyachi SHime Vrsalkoning ketishini elon qildi.
30 yoshli Xorvatiya terma jamoasi o'yinchisi Madrid klubini shartnoma muddati yakunlangani sabab tark etdi.
Vrsalko "Atletiko"da 2016 yildan beri o'ynayotgandi, u faqatgina 2018/19 yilgi mavsumni ijara asosida "Inter"da o'tkazgan.
Futbolchi "Atletiko" tarkibida 2021 yilda La Ligani va 2018 yilda Evropa Ligasida g'olib chiqqan. U madridliklar tarkibida 100ta o'yin o'tkazdi.
Qayd etish kerakki, futbolchi endilikda faoliyatini Greciyaning "Olimpiakos" klubida davom ettiradi.
Fikrlar