Vouks: "Final? Nega endi yo'q?"
02 iyu 2016 04:19
Yangiliklar
Vouks: "Final? Nega endi yo'q?"
Uels terma jamoasi hujumchisi Sem Vouks Belgiyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
"Biz og'ir uchrashuvga tayyorlangan edik. Ilk daqiqalarda gol o'tkazib yubordik va ular yana bir nechta vaziyat yarata olishdi, ammo yigitlar yaxshi javob berishdi. Jamoadoshlarim bugun maydonda juda ajoyib harakat qilishdi.
Bunday uchrashuvda gol urish - o'zgacha. Ammo yigitlarga rahmat aytmoqchiman: Men uchrashuvning oxirida maydonga tushdim va ajoyib uzatma bo'ldi. Turnir yaxshi o'tyapti. Odamlarni mo'jizalarga ishonishga majbur qildik. Final? Nega endi yo'q?" - deydi Vouks.
Fikrlar