So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Voqea. Inesta 2010 yilgi JCHda qatnashmasdan, faoliyatini tugatishni istagan. Nega? Yangiliklar

Voqea. Inesta 2010 yilgi JCHda qatnashmasdan, faoliyatini tugatishni istagan. Nega?

2009 yilning may oyida Inesta ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

Oradan bir yil o'tib u JARdagi Jahon chempionatida zafar quchdi.

Biroq ushbu voqealar bo'lishidan oldin ertaknamo voqealar sodir bo'lgan. Andres dahshatga tushib qolgan.

ECHL finali doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinga ikki hafta qolganida "Barsa" muxlislari asabiylashib qolishdi: klubdagilar Inesta oyog'idagi jarohati sababli uchrashuvda qatnashmasligini malum qilishdi. Barchadan ko'ra Pep bundan tashvishda edi.

"Bunday etakchi futbolchini yo'qotish, shunchaki dahshat", - degandi Gvardiola. O'yinga yaqin qolganida esa uning jarohati jiddiy emasligi malum bo'ldi.

Yakunda Inesta 90 daqiqa harakat qildi, "Barsa" Fergi jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Finaldan keyingi kunda esa Andresning hayotiga qayg'u kirib keldi. Uning faqatgina sog'lig'i emas, balki ruhiy holati ham yomonlashdi. U xuddi nimanidir bilgandek: "Bir kuni o'zimni yomon his qildim. Keyingi kuni ham, undan keyingisida ham. Testlar barchasi joyida ekanligini ko'rsatdi. Biroq, ruhim negadir bezovtalanayotgandi va ikki xil yo'nalish berayotgandi"

AQSHdagi yig'inlarda ispaniyalik futbolchi mashg'ulotda ko'p qatnashmadi. Keyingi ikki haftani esa u fizioterapevt bilan birga o'tkazdi. U endi o'ziga kelayotgan bir vaqtda "Barsa" sardori Karles Puyol yomon xabarni malum qildi: Inestaning eng yaqin do'sti va "Espanol" sardori Dani Xarke vafot etdi.

"Muzlab qoldim, tushuna olmayapman, nima deb o'ylashni ham bilmayapman. Dani, do'stim, Dani vafot etdi. Qanday qilib? Nima sababdan? Bo'lishi mumkin emas"

Inesta o'zini yo'qotib qo'ygandi. Har xil hayolotlar ummoniga g'arq bo'ldi, bo'shliqqa tushib qoldi, hayotdan o'chib qoldi. Uzoq vaqt davomida Andresning holati haqida hech kimga malumot berilmadi. U oilasiga ham, jamoadoshlariga ham biror gap aytmadi. Keyinroq uning depressiya holatiga tushib qolgani malum bo'ldi.

"Bo'shliqqa qulayotgandekman. Atrofim qop-qorong'u. O'zimni topa olmayapman. SHifokorlar ham yordam bera olmayapti. Bu kasallik emas, depressiya, biroq bu o'tib ketmayapti"


O'sha mavsumda Inesta juda kam o'yin o'tkazdi. Yomon hayolotlar bilan hayoti o'tayotgani bois, JCHni o'tkazib yuborishni ham istadi. Baxtiga uning bunday davri o'tib ketdi. Uni hayotga qaytara olishdi. "Barsa" bosh shifokori Rikard Pruna yaxshi psixolog topdi. Biroq uni oldingidek qilib olish juda qiyin bo'ldi.

"O'zimni yaxshi his qilyapman. Endi qarzimni uzishim kerak"

U terma jamoa bilan birga JCHda g'oliblikni qo'lga kiritdi. Inesta finalda muhim gol urdi:

"O'shanda eng qiyin davrimni o'tkazdim. Qattiq qayg'uda edim, futbolni yakunlashga yaqin turgandim. Oldin bunday holatga tushganimni eslay olmayman. SHunday paytlarda men juda tez taslim bo'laman. Barchasini o'zgartirish uchun esa nimadir qilish kerak ekan"

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика