Volkov “Navbahor”ga qaytdi
25 jan 2016 10:55
Yangiliklar
Volkov “Navbahor”ga qaytdi
O'tgan mavsum ikkinchi yarmini jamoamiz murabbiylar shtabida o'tkazgan tajribali mutaxassis Aleksandr Volkov “Navbahor”dagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.
Xabaringiz bo'lsa ushbu mutaxassis mavsumlar oralig'ida G'uzorning “SHo'rtan” klubidan tushgan taklifni qabul qilib, vohaga yo'l olgandi. Ammo, uning G'uzor jamoasidagi faoliyati uzoq vaqt davom etmadi. Malum vaqt davomida “SHo'rtan” bilan birga bo'lgan Volkov klub bilan xayrlashishga qaror qildi. Aynan bu jihat esa klubimiz rahbariyatiga qo'l keldi. Murabbiy “Navbahor”ga qaytish borasida bildirilgan taklifga rozilik berdi. Bundan biroz vaqt oldin jamoamizning Toshkentdagi vaqtinchalik qarorgohiga etib keldi va ishga kirishdi. Kecha tiklanish jarayonini o'tkazgan jamoamiz azolari bugun kechki payt mashg'ulot o'tkazishadi xolos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar