"Volfsburg" o'z tarixida ilk bor Germaniya superkubogini qo'lga kiritdi
02 avg 2015 02:19
Yangiliklar


"Volfsburg" o'z tarixida ilk bor Germaniya superkubogini qo'lga kiritdi
Germaniya Superkubogi uchun o'tkazilgan bahsda "bo'rilar" Germaniyaning amaldagi chempioni "Bavariya" ustidan g'alaba qozonishdi.
Diter Xekking boshchiligidagi "Volfsburg" jamoasi o'z tarixida ilk bor Germaniya superkubogida zafar quchdi.
"Bo'rilar" Germaniya superkubogi o'yinida "Bavariya" bilan kuch sinashishdi va penaltilar seriyasi orqali g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Unga qadar "Volfsburg" bir marotaba "Verder" bilan Germaniya superkubogida ishtirok etgandi. Biroq 2009 yilda o'tkazilgan o'yinda bremenliklar "Volfsburg"ni mag'lub etishni uddasidan chiqishgandi.
"Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba "bo'rilar" uchun tarixiy natija bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar