"Vojdovac" ham Miloe Prekovichning "Dinamo" o'yinchisiga aylanishini elon qildi
06 jan 2022 11:02
Yangiliklar
"Vojdovac" ham Miloe Prekovichning "Dinamo" o'yinchisiga aylanishini elon qildi
Samarqandning "Dinamo" klubi darvozasini yangi mavsumda "Vojdovac" sobiq o'yinchisi Miloe Prekovich qo'riqlaydi.
Bu haqda Serbiya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. Bunga qadar esa saytimiz bu transfer haqida malum qilgandi.
"Bu bir yarim yil davomida ko'tarilish va tushish bo'ldi, ammo biz barchasini birgalikda engib o'tdik. Men ruhan ushbu klubga, bu erdagi insonlarga va u erda birga o'ynagan yigitlarga bog'liq edim. Ushbu klubdagi faoliyatim kareramdagi eng yaxshilaridan biri bo'ldi", - deydi "Vojdovac" o'yinchisi.
Malumot uchun, 1991 yilning 7 iyunida tug'ilgan Prekovich 2021/22 yilgi mavsumda 21 o'yinda qatnashib, 26 gol o'tkazib yuborgan.
Eshitdik-da! "Dinamo" serbiyalik posbon bilan kelishuvga erishdi
Fikrlar