So’nggi yangiliklar

12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  40 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7

Vohid Xolboev “SHerdor”ga qarshi o'yin, “Nurafshon-Inter”ning debyut mavsumi haqida Yangiliklar

Vohid Xolboev “SHerdor”ga qarshi o'yin, “Nurafshon-Inter”ning debyut mavsumi haqida

Xabaringiz bor, kecha Pro-liganing 2-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Turning qiziqarli bahslaridan biri Samarqand shahrida kuzatildi. Jumladan, debyut mavsumini o'tkazayotgan Toshkent viloyatining “Nurafshon-Inter” jamoasi mahalliy “SHerdor” klubi mehmoni bo'ldi. Ushbu qarama-qarshilik yakuniga etgach, mehmonlar ustozi Vohid Xolboev bilan suhbatlashdik.

- Maydon egalari dastlabki uchrashuvni o'tkazayotgani bois “Dinamo” markaziy stadionida yangi mavsumning ochilishiga bag'ishlangan o'ziga xos tadbir yuqori saviyada tashkillashtirildi. Unda Samarqand viloyati hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. 

Pro-liganing debyutanti «Nurafshon» haqida nimalar bilamiz?

Endi bellashuv xususida to'xtalsam. SHu kuni maydonning sifati qoniqarli darajada edi. Mazkur bahs mezbonlar uchun Pro-ligadagi birinchisi (1-turda dam olishgan – muallif) bo'lganligi sababli ular bor diqqatlarini hujumga qaratishdi. Odatda o'z uyida to'p suradigan har bir jamoa chiroyli futbol namoyish etgan holda g'alaba qozonib, o'z muxlislarini xursand qilishni istaydi. Uchrashuv oldidan bu haqda shogirdlarimga kerakli ko'rsatmalarni bergandim. Takidlash joizki, ushbu qarama-qarshilik nihoyatda og'ir kechdi. Avvaliga 2:0 hisobida oldinda borayotgandik. Birinchi bo'lim oxirlarida samarqandlik futbolchi (Farzin Muxtorov nazarda tutilyapti - muallif) burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozamizga to'g'rilab qo'ydi. Tanaffusdan so'ng maydon egalari yanada hujumga zo'r berishdi. 72-daqiqaga kelib mezbonlar azosi chamasi 30-35 metrlardan kuchli zarba bilan darvozamizni aniq nishonga olib, supergol muallifiga aylandi. 82-daqiqada esa raqiblar himoyada qo'pol xatolikka yo'l qo'yishdi. Natijada, Farruh SHotursunov yuzaga keltirgan qulay vaziyatdan Orifxo'ja Abduholiqov samarali foydalandi, 2:3. Muhimi, yigitlar o'z oldilariga qo'yilgan vazifani ortig'i bilan uddalashdi va safardan qimmatli uch ochko bilan ortga qaytdik. G'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli ekanligini yigitlar amalda isbotlashdi. 1-turda esa o'z maydonimizda “Iftixor” bilan (1:1) murosa ko'chasini tanlagandik. 

PRO-liga. 2-tur. Barcha o'yinlar yakunlandi

Bugungi tarkibimiz negizini  asosan kelajagi porloq iqtidor egalari tashkil qiladi. Ularda professional futboldagi tajriba hali kamroq. O'ylaymanki, o'yindan-o'yinga ularning mahorati yanada oshib boraveradi. Bilasizmi, qaerda chiroyli, hujumkor, mazmunli o'yin hamda yutuq bo'lsa, rahbariyat ham sizga shunday ijobiy munosabatda bo'ladi. Kezi kelganda “Nurafshon” jamoasini har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgan klub mutasaddilariga, shuningdek, Toshkent viloyati hokimligi hamda Yuqorichirchiq tumani hokimligiga, jamoamiz azolari nomidan minnatdorlik bildirib qolaman.

Nematjon Ahmedov suxbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика