So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  2 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  6 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  6

Vohid Xolboev: "Penaltini bermasa ham bo'lardi" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "Penaltini bermasa ham bo'lardi"

Teglar :  Vohid Xolboev
Bugun O'zbekiston Pro-ligasi 5-turi doirasida "G'ijduvon" - "Nurafshon-Inter" (2:1) jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda mezbonlar so'nggi daqiqalarda berilgan penalti evaziga 2:1 hisobidagi irodali g'alabaga erishishdi.

Uchrashuvdan keyin "Nurafshon-Inter" jamoasi ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun biz yutishimiz kerak edi. Xuddi o'tgan uchrashuv kabi ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq undan foydalana olmadik. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Ammo omadimiz kelmadi. O'yin vaqtida 5-6ta golga tortadigan imkoniyatlarni yo'qqa chiqardik. Raqiblardan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsatgandik. Yutgan jamoa bizdan kuchli emasdi, agarda kuchli bo'lganida 4-5ta gol kiritgan bo'lardi. Ular shunchaki o'zlari yaratgan vaziyatdan, bizning xatolarimizdan foydalana oldi. Biz esa 4 metrdan ham gol ura olmadik.

Raqiblar darvozaboni o'zini ko'rsatdi. Ushbu mavsum boshlanishidan oldin u bizning jamoamiz yig'inlarida bo'lgandi.

Ha, so'nggi daqiqalarda penaltidan gol o'tkazdik. Penaltini bermasa ham bo'lardi. 50ga 50 vaziyat edi. Hakam esa hushtak chaldi va penalti belgiladi", - dedi Vohid Xolboev.

Mirjalol Normatov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика