So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  3 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

Vohid SHodievning dubli "Bunyodkor"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Vohid SHodievning dubli "Bunyodkor"ga g'alaba keltirdi

Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvi mehmonlarning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.
"Qizilqum" (Navoiy) - "Bunyodkor" (Toshkent)  0:2  (0:0)
GOLLAR:
0-1 Vohid SHodiev (66), 0-2 Vohid SHodiev (68)

22 mart 2015. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 16:00
Hakamlar
:
V. Ceytlin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxorr), R. Serazetdinov (Toshkent), B. Yo'lcharaev (Guliston)
Nazoratchi:
D. Roman (Toshkent).
Ogohlantirishlar:
Alisher Sanaev (15), Vyacheslav SHevchenko (50), Azizbek Usmonov (68),  -  Artyom Filiposyan (43), Akbar To'raev (81), Vohid SHodiev (83).
CHetlashtirish:
Vohid SHodiev (90 , "Bunyodkor")

"Qizilqum":
 1.Erkin Jabborov,  8.Akmal Rustamov (S) (50.Georgi Kvesiashvili  74),  9.Vyacheslav SHevchenko,  10.Bahriddin Vahobov (26.Alisher Xoliqov  79),  11.Alisher Sanaev,  14.Fayzullo Qambarov,  20.G'ayrat Jumaev (17.Feruz Boboqulov  71),  21.Mirjalol Qurbonov,  23.SHerali Jo'raev,  33.Andrey Derkach,  92.Azizbek Usmonov

Zaxira
22.Artyom Makosin,  6.Farruh Haydarov,  17.Feruz Boboqulov,  24.Asqarjon Muxiddinov, 94.Boburjon Iskandarov

"Bunyodkor":
45.Akbar To'raev,  6.Anvar G'ofurov,  7.SHaker Zuagi (S),  9.Minori Sato,  13.Ivan Miloshevich,  14.Vohid SHodiev,  15.Obid Jo'raboev,  16.Artyom Filiposyan,  17.Doston Hamdamov (21.Sardor Rashidov  58),  20.Samir Bekrich (29.Otabek SHukurov  84),  39.Eldor SHomurodov (19.Zabixillo O'rinboev  61).

Zaxira
25.Murodjon Zuxurov,  2.Akmal SHorahmedov,  4.Xayrulla Karimov,  11.Mirzoxid G'ofurov

                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                    

Matnli translyaciyani "Bunyodkor" matbuot xizmati yordamida amalga oshirdik.

O'yin tugadi. Hisob 0:2. "Bunyodkor" 2-turda ham g'alaba qozondi

90' - Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90' - Bugungi uchrashuvda "dubl" qayd etgan Vohid SHodiev sariq kartochkalar borasida ham "dubl" qildi. Natijada u maydondan chetlatildi.

89' - So'nggi daqiqalarda "Bunyodkor" maydonda to'liq ustunlikni o'z qo'liga oldi.

85' - Rashidovning 38 metrlardan yo'llagan zarbasi rikoshet bo'lib darvozaga kirib ketayotgan bir pallada Jabborov to'pni urib yubordi.

84' - "Bunyodkor" tarkibida O'ZGARISH: Samir Bekrich o'rniga Otabek SHukurov maydonga tushdi.

83' - Raqib futbolchisi qo'pollik ishlatganidan so'ng unga etiroz bildirgani uchun SHodiev ogohlantirildi.

82' - Obid Jo'raboevning chamasi 40 metrlar uzoqlikdan yo'llagan jarima zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

80' - Akbar To'raevni o'yin vaqtini cho'zdi, deb topgan Ceytlin darvozabonga ogohlantirish ko'rsatdi.

79' - "Qizilqum" tarkibida O'ZGARISH: Baxriddin Vahobov o'rniga Alisher Xoliqov maydonga tushdi.

75' - "Bunyodkor"da yana bir imkoniyat. Rashidov uzatgan pas SHodievdan ham, O'rinboevdan ham o'tib ketdi.

74' - "Qizilqum" tarkibida O'ZGARISH: Akmal Rustamov o'rniga George Kvesieshvili maydonga tushdi.

71' - "Qizilqum" tarkibida O'ZGARISH: G'ayrat Jo'raev o'rniga Feruz Boboqulov maydonga tushdi.

69' - Zuagining jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini SHodiev boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, hisobni 0:2ga oshirdi.

68' - GOOL!  0:2

68' - Zuagiga nisbatan o'yin qoidasini buzganligi uchun Azizbek Usmonov ogohlantirildi.

67' - Rashidov birgina pasi bilan SHodievni qulay vaziyatga chiqardi. Vohid esa aniq zarbasi bilan "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qildi - 0:1.

66' - GOOL!  0:1

65' - "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvini bevosita stadionda 11897 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda.

63' - Rashidov chamasi 30 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Jabborov to'pni egallab oldi.

61' - "Bunyodkor" tarkibida O'ZGARISH: Eldor SHomurodov o'rniga Zabixillo O'rinboev maydonga tushdi.

58' - "Bunyodkor" tarkibida O'ZGARISH: Dostonbek Hamdamov o'rniga Sardor Rashidov maydonga tushdi.

55' - Sato to'pni qulay vaziyatga chiqib borayotgan Hamdamov tomon oshirdi. Biroq Dostonbek to'pga etib kela olmadi.

52' - Miloshevich oshirgan to'pga Bekrich boshi bilan zarba berdi. Jabborov to'pni egallab oldi.

50' - To'pni qo'li bilan o'ynab, gol urmoqchi bo'lgan SHevchenko hakam tomonidan ogohlantirildi.

48' - Ikkinchi bo'limni mezbonlar faol boshladilar

46' - Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.
Hozircha hisob ochilgani yo'q - 0:0

43' - Hakam qaroriga etiroz bildirgani uchun Artyom Filiposyan ogohlantirildi.


42' - Akmal Rustamovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasini Akbar To'raev katta qiyinchilik bilan egallab oldi.

38' - XAVFLI VAZIYAT! Sato oshirgan to'pga Zuagi boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

36' - Bekrich raqibdan to'pni olib qo'yib, raqib jarima maydonchasi tomon yorib kirdi va zarba yo'lladi. Noaniq.

31' - Qarshi hujum. Alisher Sanaevning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

30' - Borgan sari to'p nazorati bunyodkorchilarga o'tmoqda. "Qizilqum" o'z jarima maydonchasi yaqinida to'pni istalgan tomonga tepib yuborish bilan band.

25' - Mirjalol Qurbonov ikki bor ketma-ket kuchli zarbalar yo'lladi. Birinchisida himoyachilar, ikkinchisida To'raev to'pni qaytardi.

20' - Hamdamov uzatgan to'pni SHomurodov darvozaga boshi bilan yo'llayotgan bir paytda Jabborov chaqqonroq o'ynab qo'li bilan to'pni urib yubordi.

16' - Akmal Rustamovning darvoza yaqiniga to'p oshirishi Akbar To'raevga bir muncha qiyinchilik tug'dirdi.

15' - Penalti ishlayman, deb jarima maydonchasi ichida simulyaciya ishlatgani uchun Alisher Sanaev ogohlantirildi

11' - SHerali Jo'raevning 18 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasini Akbar To'raev qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

09' - "Qizilqum"ning qarshi hujumi. Vahobov va Jo'raev bir-birlarini yaxshi tushunmadi.

08' - Zuagi-SHodiev-SHomurodovning chiroyli kombinaciyasini himoyachilar bartaraf etishdi.

05' - Dastlabki daqiqalarda ham ikka jamoa azolari ham ehtiyotkorrroq o'yin namoyish qilishmoqda.

02' - "Bunyodkor"ning ilk hujumi. SHodievning zarbasiga aniqlik etishmadi

0. "Qizilqum" - "Bunyodkor" o'yiniga start berildi.

Matnli translyaciyani "Bunyodkor" matbuot xizmati yordamida amalga oshiramiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика