So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Vohid SHodiev: "Qishda yo'qotilgan ikki oy qimmatga tushdi" Yangiliklar

Vohid SHodiev: "Qishda yo'qotilgan ikki oy qimmatga tushdi"

Bugun "Bunyodkor" klubi yangi o'yinchilarni tanishtirish marosimini o'tkazdi.

Unga ko'ra, "Qizilqum"dan o'tgan hujumchi Vohid SHodiev 14-raqamda o'ynaydigan bo'ldi. Tadbirdan keyin hujumchining "qaldirg'ochlar" safiga o'tishi borasidagi fikrlarini bilish maqsadida kichik suhbat uyushtirdik.

- Birinchi davrani "Qizilqum"da omadsiz o'tkazganingizni hisobga olganda, "Bunyodkor"da raqobatga bardosh bera olasizmi?
- Muhimi raqobatning borligi. Raqobatdan qo'rqmayman, ishlayman va harakat qilaman. Birinchi davrada jarohatlar va ayrim sabablarga ko'ra o'zimni ko'rsata olmadim. "Bunyodkor"da imkoniyat berishsa, undan foydalanishga harakat qilaman. "Qaldirg'ochlar" safiga aynan raqobat borligi uchun ham o'tdim. CHunki, aynan shu omil futbolchini o'z ustida ko'proq ishlashga majbur qiladi.

- "Qizilqum"da faqat jarohat halal berdimi yoki o'yin uslubiga mos tushmadingizmi?
- Balki, ularning o'yin uslubiga ham mos tushmagandirman. Kamiga jarohat. Bir qancha sabablar yig'ilib omadsiz davra bo'ldi. Men uchun eng katta minus bo'lgani, futbolchining jismoniy holati uchun juda zarur bo'lgan qishki yig'inni o'tkazib yubordim. Ikki oy davomida futboldan chetda bo'ldim. SHu sabab, o'sha yo'qotilgan ikki oy o'rnini to'ldirish qiyin bo'ldi.

- Murabbiy "Bunyodkor"ga taklif etish jarayonida sizdan nimani kutishini aytdimi?
- Bu klubda oldin ham o'ynaganman. Jamoa o'z oldiga doimo katta maqsadlarni qo'yadi. Klub ichidagi principlarni va talablarni yaxshi bilaman. SHu o'rinda, menga oldingi holatimga qaytish uchun imkoniyat berayotgan Mirjalol Qosimovga rahmat aytaman.



Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика