Vohid SHodiev: "Maydonga tushgandan keyin bosim yo'qoladi"
19 jan 2015 12:00
Yangiliklar

Vohid SHodiev: "Maydonga tushgandan keyin bosim yo'qoladi"
Ko'pchilik nima uchun Iskanderovni o'rniga SHodiev tushirildi deb turgan bir paytda, hujumchi gol urib barcha gap so'zlarni yo'qqa chiqarib yubordi.
"O'yin juda ham qiziq bo'ldi. Dastlabki ikki turda tushmagan bo'lsamda, tayyorlanishda davom etdim. Mana bugun murabbiy menga imkon berdi. Hakam to'g'risida ko'p ham gapirmayman, ammo bu o'yinni buzib yubordi deb o'ylayman. Ammo yakunda biz bari-bir g'alaba qozona oldik, omad ham biz tomonda bo'ldi", - deydi "Bunyodkor" hujumchisi.
- Ikkita turda o'ynamadingiz, hisob 1:1 bo'lib turgan vaziyatda esa murabbiy sizni maydonga tushirishga qaror qildi. Bosim ostida qolmadingizmi?
- Yo'q, unday deb o'ylamagan bo'lardim. Maydonga tushgandan keyin bosim yo'qoladi. Agar o'yinga tayyor bo'lsangiz, bunday vaziyatda o'zingizni yo'qotmaysiz.
- Incheonda ham Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin bo'ldi va penalti shubhali edi. Bugun ham.
- O'sha o'yinda biz mag'lubiyatga uchradik, bugun g'alaba qozondik. Bu ularga bizning javobimiz bo'ldi.

Fikrlar