So’nggi yangiliklar

20:15Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  1 19:52"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  26 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  4 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

Vohid SHodiev: “Bunyodkor” – yagona maqsad yo'lida birlashgan jamoa" Yangiliklar

Vohid SHodiev: “Bunyodkor” – yagona maqsad yo'lida birlashgan jamoa"

“Buxoro” jamoasida to'purarlik mahoratini namoyish qilgan hujumchi Vohid SHodievga Toshkentning “Bunyodkor” jamoasidan taklif tushdi.
Futbolchi ushbu taklifga rozi bo'lib, keyingi faoliyatini “qaldirg'ochlar” bilan bog'ladi. Uning ushbu o'tish borasidagi fikrlari ko'pchilikni qiziqtirishini inobatga olib, uni suhbatga tortdik.

- Qaror qabul qilishda qiynalmagandirsiz-a?
- Yo'q, qiyinchilik bo'lmadi. Men uchun har tomonlama maqul taklif bo'lgandi. Oldin aytganimdek, ko'proq “Bunyodkor” uchun o'ynashga xohishim bor edi. SHartnomaga qo'l qo'yishga arzimaydigan sabab bo'lmadi.

- “Qaldirg'ochlar” doimo barchaning diqqat etiborida bo'lib kelgan. SHu sababli u erdagi futbolchilarga ham etibor yuqori bo'ladi. Bunday sharoitda sizga ortiqcha bosim halaqit qilmaydimi?
- Jamoaga endi qo'shilganim bois ortiqcha bosimni sezmadim va bundan keyin ham bu narsa bo'lmaydi degan umiddaman. Har qanday holatda ham o'z ishimni bajarishga harakat qilaman. Futboldan tashqari narsalarga umuman etibor bermayman.

- Klubda Oleksandr Pishur, Igor Taran va Anvar Berdiev kabi tajribali hujumchilar bor. Bunday kuchli raqobatga kirish uchun birinchi navbatda nimaga etibor qilmoqchisiz?
- Jiddiy raqobat ichida “yo'qolib” ketmaslikka harakat qilaman. Pishur, Berdiev va Taran jamoaga foyda keltira oladigan xujumchilar. Ular qatorida men ham “Bunyodkor”ga yordam berish uchun kelganman.

- CHempion jamoaga kelgach intilish va ishtiyoq yanada oshdimi?
- Bu men uchun yangi cho'qqi bo'lib ko'rinmoqda. “Bunyodkor”da nimalarga qodirliginimni ko'rsata olsam o'zimni baxtli his etaman.

- Yangi mavsumda qanchadir miqdorda gol ura olaman deb ayta olasizmi?
- Bu masalada aniq javob bermayman. SHu kungacha chempionatdan oldin mana buncha gol uraman deb aytamaganman. Hammasi mavsum tugaganidan keyin malum bo'ladi. Hozirdan bir nima deyish noto'g'ri bo'lardi.

- Klubga moslashishda kimlar yordam beryapti?
- Jamoaning ahilligini ko'rib xursand bo'ldim. Bu bitta maqsad uchun birlashgan jamoadir. Vazifa jiddiy bo'lganidan keyin hamma bir-biriga yordam beradi. Klubda oldin birga to'p tepgan do'stlarim ham bor.

- Mirjalol Qosimov bilan uchrashuv qanday o'tdi?
- Murabbiy bilan futbolchi o'rtasidagi suhbat davomida Mirjalol Qo'shoqovich haqiqiy murabbiy ekanligini ko'rsatdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика