So’nggi yangiliklar

12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  4 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  4 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  17 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  5 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  4 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  3

Vohalik futbol ishqibozlari “Markaziy”da “Nasaf” ishtirokidagi ketma-ket ikki o'yinga guvoh bo'lishadi Yangiliklar

Vohalik futbol ishqibozlari “Markaziy”da “Nasaf” ishtirokidagi ketma-ket ikki o'yinga guvoh bo'lishadi

Xabaringiz bor, kecha bo'lib o'tgan 16-tur doirasidagi uchrashuvda “Nasaf” jamoasi safarda “Andijon” jamoasini 1:0 hisobida taslim etdi.

Ushbu g'alaba “Nasaf” jamoasini turnir jadvalida bir pog'ona yuqorilashiga yordam berdi.

Endi navbat 17-turga, ushbu turda “ajdarlar” Olmaliq shahrining “Olmaliq” jamoasini qabul qiladi. Muxlislarning yodida bo'lsa, “Nasaf” aynan ushbu jamoadan joriy chempionatimizda ilk alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgan edi. Olmaliq shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda konchilar foydasiga 2:0 hisobi qayd etilgan edi.

Mana endi bu jamoa 8 avgust shanba kuni “Nasaf”ning mehmoni bo'ladi. Uchrashuv har qachongidan murosasiz kechishi hozirdan malum, chunki Igor SHikvirin shogirdlari kecha bo'lib o'tgan o'z maydonidagi uchrashuvda “Paxtakor” jamoasidan mag'lubiyatga uchradi. “Nasaf” esa, hammaga malum o'z muxlislari oldida har qanday jamoaga qarshi kuchli o'yin ko'rsatadi.

Oradan to'rt kun o'tib, yana “Markaziy” stadionda muxlislar endi O'zbekiston Kubogi -2015 ning yarim finalining dastlabki uchrashuviga guvoh bo'lishadi. Raqib – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bo'ladi. Bu uchrashuv deyarli finalga teng o'yin bo'lishini taxmin qilsa bo'ladi. Zero har ikkala jamoa Kubok uchun kurashda davom etishi uchun bor kuchlarini dastlabki o'yindayoq namoyish qilishi turgan gap. Uchrashuv 12 avgust chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

Sevimli “Nasaf” jamoamizga ushbu o'yinlarda har qachongidan muxlislarning daldasi kerak bo'ladi. Ikkala o'yin ham juda katta ahamiyatga ega. SHuning uchun muxlislarni faolroq bo'lishga chaqirib qolamiz. Sizdan birgina stadionga kelib o'yinnni tomosha qilishingiz so'raladi, xolos.

Keling aziz futbol muxlislari vohamiz bosh jamoasi – “Nasaf”ni qo'llab-quvvatlaylik va g'alabalarini birga nishonlaylik!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика