So’nggi yangiliklar

00:20Гампер кубоги. "Барселона" "Комо" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  3 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  7 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  0 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  2 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  27 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  20 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5

Voha derbisi oldidan Yangiliklar

Voha derbisi oldidan

"Mashal" Oliy liganing birinchi davrasini so'ngi uchrashuvini voha derbisi bilan yakunlaydi.
Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'lamiz va birinchi davra tamomlanadi.  

Ertaga har ikki jamoa yoshlari o'yini "Geolog" stadionida 18:00 da boshlanadi.  Bu o'yinda yoshlarimizga Sirojiddin Rahmatullaev va Tursunmurod Hamdamovlar sariq kartochkalari soni to'rttaga etgani bois yordam bera olmaydi.  Yoshlar bahsini esa Asker Najafaliev boshqarib boradi.  

1 iyul kuni bo'lib o'tadigan asosiy tarkib jamoalari o'yini 20:00 dagi Qarshidagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.  Mazkur o'yinni boshqarib boruvchi hakamlar guruhi malum bo'lgan.  O'yinni Ceytlin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.  Asosiy tarkib jamoalari o'rtasidagi bahsda esa jamoamizga o'rta chiziqda harakat qiluvchi Zafar To'raev va Mikita Bukatkin ogohlantirishlari soni to'rttaga etgani bois yordam bera olmaydi.  Undan tashqari jarohati bois maydonga tusha olmayotgan Zohir Qo'ziboev o'ynay olmaydi.  

Aleksandr Xomyakov oldidan juda muhim bahs turibdi.  Derbi maqomidagi bu o'yin ahmiyati jihatida boshqa uchrashuvlardan farq qiladi.  Doimo murosasiz kechadigan o'yinga futbolchilarimiz ham jangavor ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda.  Barcha muxlislarimizni Qarshida jamoamizni qo'llab-quvvatlashga chaqiramiz.  

1 iyul (chorshanba)
Nasaf (Qarshi) – Mashal (Muborak)  20:00
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O'z PFL vakili:  SHerzod Rajabov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика